Amerikaning Ukrainadagi asosiy siri oshkor bo‘ldi

© Sgenerirovano IIGlavniy sekret Zapada na Ukraine
Glavniy sekret Zapada na Ukraine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2024
Obuna bo‘lish
G‘arb Ukrainada nima uchun jang qilmoqda: bu muqaddas urushmi yoki a’lo investitsiyalar?
G‘arbdagi barcha erkin va demokratik OAVlardan hamma biladiki, “Ukrainada yorug‘lik kuchlari zulmat kuchlariga qarshi muqaddas urush olib bormoqda”: qoidalar asosida qurilgan dunyo uchun tartibi, ming yillik qadriyatlarni saqlab qolish, hammasi inson huquqlari va demokratiya g‘alabasi uchun.
Bundan tashqari, Ukraina mag‘lub bo‘lsa, Putin o‘z askarlari bilan darhol himoyasiz va tinchliksevar Yevropani zabt etadi va keyin hatto butun Amerika bo‘ylab "MakDonalds"larni oyoq osti qilishni boshlaydi...
Albatta, bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va shuning uchun barcha davlatlar, Ukrainadagi hamma narsasini tikishi, yuborish mumkin bo‘lgan barcha qurollarni yuborishi kerak.

Lekin ba’zi-ba’zida OAVda g‘alati tezislar eshitilib qoladi, guyoki bularning barchasi "a’lo investitsiyalar" ekanligi haqida. Lekin qanday qilib ulug‘vor narsalar bir vaqtning o‘zida foyda manbai bo‘lishi mumkin?

Agar biz ko‘p yillik tarixiy tajribaga quloq tutib, bir zum kollektiv G‘arb uchun “pul”, “foyda”, “daromad” kabi tushunchalar har doim birinchi o‘rinda bo‘lganini esga olsak hamma narsa o‘z joyiga tushadi.
Amerikaliklar va boshqa eski boyvachcha anglo-sakson elitalari Ukrainani allaqachon yaxshilab o‘rganib chiqqan va uning boyliklari qayerda ko‘milganini yaxshi bilib olgan ko‘rinadi. Shu sababli ham ular jang maydonida g‘alaba qozonish uchun bejizga kamzulini yirtmayapti.

Albatta, shu o‘rinda turli ekspertlar xulosalari ham bor, guyoki bularning barchasi Amerika harbiy-sanoat majmuasini qo‘llab-quvvatlash, Yevropani bozordan siqib chiqarish va Rossiya kabi global raqobatchini yo‘q qilish uchun qilinmoqda degan nazariyalar ham bor. Lekin ularning hech biri 100% ishonch uyg‘otmaydi.

Lekin yaqinda bu savolning javobi mutlaq aniq bo‘ldi. Amerikalik urushsevar senator Lindsi Grem* SBS telekanaliga bergan intervyusida G‘arbning Ukrainadagi asosiy sirini ochdi. Umuman Gremning shunaqa xususiyati bor, u vaqti-vaqti bilan sirlarni ochib qo‘yadi. Masalan, yaqinda u Ukrainaga berilayotgan barcha pullar qarz ekanini va ular o‘z vaqtida qaytarilishini aytgan edi.
Xullas, bu safar ham senator pand bermadi. U G‘arbning Ukrainadagi, shu vaqtga qadar ehtiyotkorlik bilan yashirib kelinayotgan katta sirni ochdi.

“AQShning Ukrainadagi asosiy manfaatlari uning mineral resurslarini nazorat qilishdan iborat”, dedi. Rusofob senatorning so‘zlariga ko‘ra, “Ukraina xazinalar ustida o‘tiribdi – bu o‘ta muhim kamida 12 trillion dollarlik minerallar. Yuragini changallagan senator bu resurslar Qo‘shma Shtatlar o‘rniga Putin va Sining qo‘liga tushib qolishi mumkinligidan g‘azablandi va shuning uchun ularni oxirgi ukrainalik qolgunicha himoya qilish kerakligini ta’kidladi.

Janob Grem* yolg‘on gapiraptimi? Yo‘q, bu safar u yolg‘on gapirmayapti.
Ixtisoslashgan manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina — tabiiy resurslarga dunyodagi eng boy mamlakatlardan biri. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Ukrainada faqat ko‘mir zaxirasi — $11,9 trln. Titan va temir rudalarining dunyodagi eng yirik konlari, seriy, itriy, lantan, neodimiy, neon, nikel, litiy va boshqa noyob va qimmatbaho metallar va elementlarning ulkan konlari mavjud. Ularsiz G‘arb samolyotlar va smartfonlardan tortib mikrosxemalar, batareyalar va butunlay yashil energiyadan ham foydalanish mumkin emas.

Xullas yuqori texnologiyali iqtisodiyot uchun muhim bo‘lgan 120 ta metal va mineraldan 117 tasini Ukrainada qazib olinishi mumkin. 8700 ta kon mavjud. Eng ko‘p tabiiy resurslar mavjud mamlakatlar jahon reytingida Ukraina o‘sha paytda to‘rtinchi o‘rinda edi.
Qizig‘i shundaki, Rossiya maxsus operatsiyasi boshlanishidan taxminan bir yil oldin G‘arb davlatlari Kiyev elitasi bilan Ukrainaning tabiiy resurslarini keng ko‘lamli o‘zlashtirish bilan bog‘liq bir qator loyihalarni boshladilar. Ular uchun o‘sha paytda Ukraina uchun maxsus iboradan foydalanishardi “critical mineral superpower". Ya’ni kamob va muhim qazilmalarga ega bo‘lgan superdavlat.
G‘arb kompaniyalari G‘arbga qimmatbaho narsalarni ishlab chiqish va eksport qilish uchun litsenziyalar to‘plamini olishni boshladilar - faqat 2022-yilda Ukraina hukumatiga yuzdan ortiq arizalar kelib tushdi. Tabiiyki, tasodifan, bu tegishli resurslarga narxlarning keskin o‘sishi va ularga talabning keskin oshishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Masalan, litiy — u bo‘lmasa birorta dron yoki elektroskuter harakatlanmaydi. U batareyalar uchun kerak. Prognozlarga ko‘ra, 2030-yilga borib dunyodagi barcha avtomobillarning 27 foizi litiy-ionli akkumulyatorlardan quvvat oladi. Faqat o‘tgan yil davomida litiyning narxi 600% ga oshdi va keyingi ikki yil ichida u yana 4000% ga oshishi mumkin. Shu bilan birga, Ukrainada kamida 500 ming tonna litiy konlari mavjud. Bu sayyoradagi eng katta zaxiralardan biri.
Lekin boshlangan maxsus operatsiya g‘arbning tomog‘iga tiqilgan suyak bo‘ldi. Chunki bir yildan so‘ng Ukraina ko‘mir konlarining 63%, neft konlarining 11%, gaz konlarining 20%, metall konlarining 42% va noyob elementlar konlarining 33% Rossiya nazorati ostiga o‘tdi.
Natijada G‘arb ichiga xavf tushdi. Hisob-kitoblariga ko‘ra, agar Ukrina hozirgi front chegaralarda qolsa ham G‘arb ko‘z tikkan tabiiy resurslarining uchdan ikki qismidan abadiy mahrum bo‘ladi.
Ukraina boyliklarini allaqachon o‘ziniki deb hisoblagan G‘arbning yirik biznesi hukumatidan o‘z sarmoyalarini himoya qilishni talab qila boshladi. Vashington va Brussel oqsoqollari kal boshlarini qashlab, soliq to‘lovchilar hisobidan ko‘p milliardli qurol-yarog‘larni Ukrainaga jo‘nata boshlashdi. G‘alabaga erishilgan taqdirda, 12 trillion barcha “investitsiyalarni” ortig‘i bilan qoplaydi.
Shu sababli ham intervyuda senator Grem* "Ukraina mojarosi qanday yakun topishi o‘ta muhim masala", dedi.
Bu haqiqat.
Ammo Rossiya uchun bu o‘z hayoti xavfsizligini saqlab qolish masalasi, Yevropa va Amerika uchun esa cho‘ntaklarini to‘ldirish masalasi. Tarixdan ma’lumki, pul uchun kurashganlar doimo yutqazadi. Bu shuni anglatadiki, g‘alaba ertami-kechmi muqarrar Rossiyaniki bo‘ladi.

* Rosfinmonitoring tomonidan terrorchilar va ekstremistlar reyestriga kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0