Mask bir qator Ukraina tashkilotlarini terrorchilik tuzilmalari deb tan olishni taklif qildi

© AFP 2023 / Joel SagetIlon Mask prinimayet uchastie v meropriyatii vo vremya yarmarki texnologicheskix startapov i innovatsiy Vivatech v vistavochnom sentre Porte de Versailles v Parije 16-iyunya 2023 goda.
Ilon Mask prinimayet uchastie v meropriyatii vo vremya yarmarki texnologicheskix startapov i innovatsiy Vivatech v vistavochnom sentre Porte de Versailles v Parije 16-iyunya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2024
Obuna bo‘lish
Mask: Ukraina nodavlat tashkilotlarini terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga qo‘shish kerak.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Tadbirkor Ilon Mask AQSh Kongressining AQSh fuqarolarining "qora ro‘yxati"ni tuzadigan Ukraina nodavlat tashkilotlarini Amerika moliyalashtirishidan mahrum qilish tashabbusini olqishladi va ularni terrorchilik tuzilmalari deb tan olishni taklif qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Kongressmen Endryu Klayd Vakillar palatasi qo‘mitasi avvalroq Davlat departamenti va boshqa tashqi siyosat tuzilmalari uchun budjet loyihasiga “Amerika konservatorlarini, shu jumladan, qonunchilarni (AQSh prezidenti Jo) Baydenning Ukraina kursiga qo‘shilmagani uchun qoralaydigan” tashkilotlarga mablag‘ ajratishni taqiqlashni kiritganini ma’lum qildi.

"Bu birinchi yaxshi qadam. Ularni sanksiyalangan terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga qo‘shish kerak", — deb yozdi Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

O‘tgan hafta ukrainalik faollar Ukrainaga yordam berish bo‘yicha amerikalik tanqidchilar ro‘yxatini e’lon qilishdi. Unga 76 ta tashkilot va 391 shaxs, jumladan, sobiq prezident Donald Tramp, jurnalist Taker Karlson, Mask, kongress a’zolari Marjori Teylor Grin, Pol Gosar, Rend Pol, Anna Paulina Luna va Endi Biggs kirdi.
Yangiliklar lentasi
0