O‘zbekistonlik sportchilar “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlarida ishtirok etadi

© yakutsk2024.orgMejdunarodnie sportivnie Igri "Deti Azii"
Mejdunarodnie sportivnie Igri Deti Azii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2024
Obuna bo‘lish
Bu yilgi o‘yinlar dasturiga ilk bor O‘zbek kurash milliy sport turi ham kiritilgan.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Rossiyaning Yakutsk shahrida 25-iyun-7 iyul kunlari “Osiyo bolalari” VIII xalqaro sport o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ular sportning 27 ta turi bo‘yicha o‘tkaziladi.
O‘zbekiston delegatsiyasi sportning 16 ta (basketbol 3x3, boks, voleybol, dzudo, kurash, yengil atletika, mas-restling, suzish, sambo, erkin kurash, yunon-rum kurashi, ayollar kurashi, taekvondo WT, Mini-futbol, baddiy gimnastika, shaxmat) turida qatnashadi.
Sportchilarning umumiy soni, 179 nafarga teng. Bu yilgi o‘yinlar dasturiga ilk bor O‘zbek kurash milliy sport turi ham kiritilgan.
Ma’lumot uchun, “Osiyo bolalari” o‘yinlari Osiyo Olimpiya kengashi tashabussi bilan har 4-yilda bir marotaba o‘tkaziladi. 2022-yil Vladivastok shahrida bo‘lib o‘tgan “Osiyo bolalari” VIII o‘yinlarida O‘zbekistondan jami 173 nafar sportchi ishtirok etgan. Ular jami 114 ta (41 ta oltin, 28 ta kumush, 45 ta bronza) medallari bilan umumjamoa hisobida 2-o‘rin qo‘lga kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0