https://oz.sputniknews.uz/20240612/uzbekistan-korea-prezident-44337535.html
O‘zbekistonga Janubiy Koreya prezidenti keladi
O‘zbekistonga Janubiy Koreya prezidenti keladi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
2024-06-12T09:00+0500
2024-06-12T09:00+0500
2024-06-12T09:00+0500
siyosat
o‘zbekiston
koreya
shavkat mirziyoyev
yun sok yolya
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0f/39015472_0:0:2691:1515_1920x0_80_0_0_5cacac3c202a540e6bce9294d0d69386.jpg
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol 13-15 iyun kunlari davlat tashrifi bilan respublikada bo‘ladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati. Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston-Koreya do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Savdo, innovatsiyalar va texnologiyalar almashinuvi, energetika, elektronika va elektrotexnika, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmaviy rivojlanish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari e’tibor markazida bo‘ladi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalaridagi qo‘shma dasturlar muhokama qilinadi. Shuningdek, mintaqaviy, shu jumladan "Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" formatidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashish rejalashtirilgan. Tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari qo‘shma biznes forumida ishtirok etishadi. Prezident Yun Sok Yol mamlakatning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishish maqsadida Samarqandga tashrif buyuradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0f/39015472_0:0:2691:2019_1920x0_80_0_0_6dba2925110a5d446a3064a1d4929c55.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
koreya respublikasi prezidenti yun sok yol o‘zbekiston tashrif
koreya respublikasi prezidenti yun sok yol o‘zbekiston tashrif
O‘zbekistonga Janubiy Koreya prezidenti keladi
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol 13-15 iyun kunlari davlat tashrifi bilan respublikada bo‘ladi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston-Koreya do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
Savdo, innovatsiyalar va texnologiyalar almashinuvi, energetika, elektronika va elektrotexnika, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmaviy rivojlanish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari e’tibor markazida bo‘ladi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalaridagi qo‘shma dasturlar muhokama qilinadi.
Shuningdek, mintaqaviy, shu jumladan "Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" formatidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashish rejalashtirilgan.
"Sammit yakunlari bo‘yicha bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan", — deyiladi xabarda.
Tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari qo‘shma biznes forumida ishtirok etishadi. Prezident Yun Sok Yol mamlakatning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishish maqsadida Samarqandga tashrif buyuradi.