Mirziyoyev har bir hokimga elektr va gazni tejash bo‘yicha topshiriq berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaOpredeleni zadachi po povisheniyu energoeffektivnosti v otraslyax i regionax, tshatelnoy podgotovke k osenne-zimnemu sezonu
Opredeleni zadachi po povisheniyu energoeffektivnosti v otraslyax i regionax, tshatelnoy podgotovke k osenne-zimnemu sezonu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2024
Obuna bo‘lish
Bu yil 1 mingta ijtimoiy obyektni kuz-qish mavsumiga tayyorlanadi.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev har bir hokimga bittadan tumanni tanlab, elektr va gaz tejash bo‘yicha namuna qilishni topshirdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev raisligida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda energetika sohasi obyektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili elektr va gazni tejash bo‘yicha tumanbay dasturlar qabul qilindi. Xonadonlar va ijtimoiy obyektlarda o‘rnatilgan birgina quyosh kollektorlari hisobiga 20 million kilovatt elektr tejalmoqda. Sanoat korxonalari ham “yashil energiya” manbalarini joriy qilmoqda.
“Lekin ayrim hududlarda ishlar sust bo‘lgani uchun elektrni iqtisod qilish rejasi to‘liq bajarilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yangi ijtimoiy obyektlarni loyihalashtirishda energiya tejamkorlik bo‘yicha qat’iy talab kiritish, ma’muriy binolar, ko‘p qavatli uylar, korxona, savdo va servis binolarida energiya samaradorligi bo‘yicha texnik shartlarni ishlab chiqish zarurligi qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda joriy yilda 1 mingta ijtimoiy obyektni kuz-qish mavsumiga tayyorlash topshirildi. Jumladan, 251 ta shifoxona, 292 ta bog‘cha, 393 ta maktab va internat ta’mirlanadi.
"Prezident tarmoq rahbarlari va hokimlarning bu yil elektr va gazni tejash rejasi qoniqarsiz ekanini, ular yanada katta marra olishi shartligini ta’kidladi. Har bir hokimga bittadan tumanni tanlab, elektr va gaz tejash bo‘yicha namuna qilish topshirildi", — deya qayd etilgan xabarda.
Ushbu tumanlarda bu yil 750 million kilovatt elektr va 550 million kub metr gaz iqtisod qilinishiga erishish muhimligi ta’kidlandi.
“Tejash – yo‘qotishlarni kamaytirish, tejamkor texnologiyalarni joriy qilish hisobiga bo‘lishi shart”, — dedi davlat rahbari.
Yig‘ilishda bundan buyon ilg‘or tajriba asosida soha va tarmoqlarda energiya samaradorligini baholash bo‘yicha yangicha tizim amal qilishi belgilandi. Bunda yiliga kamida 4 million kilovatt elektr yoki 375 ming kub metr gaz sarflaydigan yirik iste’molchilar har uch yilda energiya auditidan o‘tadi. Energoinspeksiya har yili yirik iste’molchilar ro‘yxatini e’lon qilib boradi, auditdan o‘tmagan korxonalarga gaz va elektr oshirilgan tarifda yetkaziladi.
Mutasaddilarga yil yakunigacha yangi tizim bilan bog‘liq texnik reglament va normativ hujjatlarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0