https://oz.sputniknews.uz/20240609/uzbekistan-china-un-rezolyutsiya-44312590.html
BMT O‘zbekiston va Xitoy ishlab chiqqan rezolyutsiyani ma’qulladi
BMT O‘zbekiston va Xitoy ishlab chiqqan rezolyutsiyani ma’qulladi
Sputnik O‘zbekiston
10 iyunni Xalqaro sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni deb e’lon qilish ma’qullandi.
2024-06-09T16:15+0500
2024-06-09T16:15+0500
2024-06-09T16:56+0500
siyosat
o‘zbekiston
xitoy
bmt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0b/27976796_0:161:3067:1886_1920x0_80_0_0_1beda299f5ccf7251b24dd1afac70eea.jpg
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston va Xitoy tomonidan ishlab chiqilgan "Xalqaro sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni" deb nomlangan rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qulladi, deya xabar berdi mamlakat tashqi ishlar vazirligi.Rezolyutsiyaga 80 dan ortiq a’zo mamlakatlar, shu jumladan Markaziy Osiyoning barcha davlatlari, Armaniston, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Belarus, Eron, Indoneziya, Kuvayt, Malayziya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Qatar, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Vengriya tomonidan hammualliflik qilgan.Hujjat O‘zbekiston rahbariyatining BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi (2023 yil) va ShHTning Samarqand sammitida (2022 yil) umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida hamjihatlik ruhini yuksaltirish zarurligi, konstruktiv hamkorlikka intilish, shuningdek, tinchlik va barqaror farovonlikka erishish uchun xalqaro hamjamiyatlarning sa’y-harakatlarini safarbar qilish to‘g‘risida bildirilgan qarashlarini konseptual tarzda aks ettiradi.Hujjatda dunyoda diniy va madaniy xilma-xillik muhimligi e’tirof etilgan holda, barcha madaniyatlar va tamaddunlarning insoniyatni taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi ijobiy qayd etilgan. Turli madaniyatlar va sivilizatsiyalar o‘rtasida bag‘rikenglik, hurmat, muloqot va hamkorlik rag‘batlantiriladi.Eslatib o‘tamiz, 4-iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan "Markaziy Osiyo davlatlarining giyohvandlik bilan bog‘liq muammolarni samarali hal etish va bartaraf etish uchun yagona front bo‘lib harakatlanish va hamkorlik qilishga tayyorligi" rezolyutsiyasini bir ovozdan qabul qildi. Yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston BMTga a’zo davlatlarning 185 ovozini to‘pladi va o‘z tarixida birinchi marta BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashiga (ECOSOS) uch yil muddatga saylandi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0b/27976796_168:0:2899:2048_1920x0_80_0_0_213238360e98cf2b61be2d45a06397e8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xalqaro sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni
xalqaro sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni
BMT O‘zbekiston va Xitoy ishlab chiqqan rezolyutsiyani ma’qulladi
16:15 09.06.2024 (yangilandi: 16:56 09.06.2024) 10 iyunni Xalqaro sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni deb e’lon qilish ma’qullandi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston va Xitoy tomonidan ishlab chiqilgan "Xalqaro sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni" deb nomlangan rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qulladi, deya xabar berdi mamlakat
tashqi ishlar vazirligi. Rezolyutsiyaga 80 dan ortiq a’zo mamlakatlar, shu jumladan Markaziy Osiyoning barcha davlatlari, Armaniston, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Belarus, Eron, Indoneziya, Kuvayt, Malayziya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Qatar, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Vengriya tomonidan hammualliflik qilgan.
Hujjat O‘zbekiston rahbariyatining BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi (2023 yil) va ShHTning Samarqand sammitida (2022 yil) umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida hamjihatlik ruhini yuksaltirish zarurligi, konstruktiv hamkorlikka intilish, shuningdek, tinchlik va barqaror farovonlikka erishish uchun xalqaro hamjamiyatlarning sa’y-harakatlarini safarbar qilish to‘g‘risida bildirilgan qarashlarini konseptual tarzda aks ettiradi.
Hujjatda dunyoda diniy va madaniy xilma-xillik muhimligi e’tirof etilgan holda, barcha madaniyatlar va tamaddunlarning insoniyatni taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi ijobiy qayd etilgan. Turli madaniyatlar va sivilizatsiyalar o‘rtasida bag‘rikenglik, hurmat, muloqot va hamkorlik rag‘batlantiriladi.
“Rezolyutsiyada sivilizatsiyalar xilma-xilligi qadriyatini anglash, muloqot, o‘zaro hurmat va global birdamlikni rivojlantirish maqsadida 10-iyunni Xalqaro sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 4-iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan "Markaziy Osiyo davlatlarining giyohvandlik bilan bog‘liq muammolarni samarali hal etish va bartaraf etish uchun yagona front bo‘lib harakatlanish va hamkorlik qilishga tayyorligi" rezolyutsiyasini bir ovozdan qabul qildi. Yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston BMTga a’zo davlatlarning 185 ovozini to‘pladi va o‘z tarixida birinchi marta BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashiga (ECOSOS) uch yil muddatga saylandi.