Putin: Rossiya O‘zbekistondan Ukraina bo‘yicha betaraf va muvozanatli siyosati uchun minnatdor

© POOL / Mediabankka o‘tishRabochaya poyezdka prezidenta Vladimira Putina v Sankt-Peterburg
Rabochaya poyezdka prezidenta Vladimira Putina v Sankt-Peterburg - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2024
Obuna bo‘lish
Putin jahon axborot agentliklari rahbarlari bilan 2021-yildan beri ilk uchrashuv o‘tkazdi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Rossiya O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevdan Ukraina inqirozi bo‘yicha betaraf va muvozanatli davlat siyosati uchun minnatdor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin jahon axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.
Rossiya prezidenti Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF) doirasida jahon axborot agentliklari rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi.
Agentlik rahbarlarining savollariga javob berar ekan, u O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Ukraina masalalari muhokama qilingani haqida gapirdi.

"Biz Ukraina muammosini muhokama qildik va prezident Mirziyoyev, albatta, Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori, Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealardan O‘zbekiston xavotirlari haqida bir necha bor gapirdi. O‘zbekistonning siyosati betaraf va juda muvozanatli ekani uchun biz prezidentdan minnatdormiz", —dedi u.

Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2024
Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil
Putin va Mirziyoyev Ukraina mavzusini muhokama qildi — Peskov
Yangiliklar lentasi
0