O‘zbekiston, Xitoy va Qirg‘iziston o‘rtasida temir yo‘l qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolandi
© FOTO press-slujba kabineta ministrov KRPodpisanie soglasheniya po stroitelstvu j/d "Kitay — Kirgizstan — Uzbekistan
© FOTO press-slujba kabineta ministrov KR
Obuna bo‘lish
Hujjatni uch mamlakat transport vazirliklari rahbarlari imzoladi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Pekinda Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasini birgalikda ilgari surish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
© FOTO press-slujba kabineta ministrov KRPodpisanie soglasheniya po stroitelstvu j/d "Kitay — Kirgizstan — Uzbekistan
Podpisanie soglasheniya po stroitelstvu j/d "Kitay — Kirgizstan — Uzbekistan
© FOTO press-slujba kabineta ministrov KR
Hujjatni uch mamlakat transport vazirliklari rahbarlari imzoladi. Qirg‘iziston prezidenti marosim ishtirokchilariga videomurojaat bilan chiqib, tarixiy voqea bilan tabrikladi.
“Ko‘p yillik muzokaralardan so‘ng, bizning umumiy qat’iyatimiz va qo‘llab-quvvatlashimiz tufayli tomonlar so‘nggi 2-3 yil ichida sezilarli yutuqlarga erishdi. Uch tomonning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan 2023-yil o‘rtalarigacha loyihaning to‘liq texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish yakunlandi. Keyinchalik, hukumatlar loyihani amalga oshirish uchun zarur yordam ko‘rsatishga tayyor bo‘lgan mamlakatlarimiz davlat temir yo‘l korxonalari tomonidan qo‘shma korxona tashkil etish orqali loyihani amalga oshirish mexanizmini umumiy tushunishga erishildi", — dedi Japarov.
Qirg‘iziston rahbari Yevroosiyo makonida muhim qit’a ko‘prigining yaratilishi xalqlarga katta foyda keltirishini ta’kidladi. Aytilishicha, bu loyiha uch davlat o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik doirasidagi hamkorlik ramziga aylanadi.