Dohadan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

© Ministerstvo transporta respubliki UzbekistanDohadan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
Dohadan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2024
Obuna bo‘lish
Hozircha haftasiga 4-marta parvozlar amalga oshiriladi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Doha – Toshkent – Doha yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi transport vazirligi.
Qatar va O‘zbekiston munosabatlarida muhim bosqich ikki mamlakat poytaxti o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam havo qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
© Ministerstvo transporta respubliki Uzbekistan
Nalajeno regulyarnoe aviasoobshenie po marshrutu Doxa – Tashkent – Doxa - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Ministerstvo transporta respubliki Uzbekistan
Nalajeno regulyarnoe aviasoobshenie po marshrutu Doxa – Tashkent – Doxa - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Ministerstvo transporta respubliki Uzbekistan
Nalajeno regulyarnoe aviasoobshenie po marshrutu Doxa – Tashkent – Doxa - Sputnik O‘zbekiston
3/3
1/3
2/3
3/3
“Muntazam reysning yo‘lga qo‘yilishi mamlakatlarimiz o‘rtasida sayyohlik almashinuvi o‘sishiga sezilarli hissa qo‘shishi, qolaversa, Fors ko‘rfazi va Markaziy Osiyo o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir”, — deyiladi xabarda.
Dastlabki bosqichda ushbu yo‘nalishda aviakompaniya haftasiga 4-marta dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi.
Keyingi bosqichda esa har kuni reyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qatar aviakompaniyasi iyun oyidan Doha-Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi ma’lum qilingandi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar orqali o‘zaro turistlar oqimi va ikki tomonlama savdo hajmlarini ham oshirish ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekiston va Qatar bayroqlari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2023
Qatar O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi
Yangiliklar lentasi
0