Yangi mavsum: yozning birinchi oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

© Foto : CentralParkSentralniy park imeni Mirzo Ulugbeka.
Sentralniy park imeni Mirzo Ulugbeka. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2024
Obuna bo‘lish
Iyun oyining birinchi besh kunligida O‘zbekiston bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda bu yil yoz fasli iliq ob-havo bilan boshlanadi, deya xabar beradi O‘zgidromet.
Harorat kunduz kunlari +28-33 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +35-38 darajagacha bo‘ladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqindir.
Iyun oyining birinchi besh kunligida O‘zbekiston bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda 4-5 iyun kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechalari +14-19 daraja, kunduz kunlari +28-33 daraja, ba’zi joylarda +35 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +37 darajagacha bo‘ladi.
6-10 iyunda ayrim kunlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechalari +14-19 daraja, kunduz kunlari +28-33 daraja, shimolda va cho‘l hududlarda +35-37 darajagacha bo‘ladi.
Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat asosan kechalari +15-20 daraja, kunduz kunlari +33-38 daraja, janubda va cho‘l hududlarda +40 darajagacha bo‘ladi. Oyning ikkinchi o‘n kunligida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi ehtimoli ko‘p.
Ekspress-testirovanie na VICh v Kazani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2023
Bu qiziq
Yoz mavsumida qon quyuqlashishi qanchalik xavfli?
Yangiliklar lentasi
0