Shavkat Mirziyoyev Buxoroda yirik majmualar qurilishini boshlab berdi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Buxaru
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Buxoroda uchta yirik inshoot – gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va xalqaro aeroport quriladi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifi davomida yirik ishlab chiqarish, energetika va transport majbualari qurilishini ramziy boshlab berdi.
1.
Xususan, “Qorako‘l” EIZida quriladigan gaz-kimyo majmuasidir. U yerda “methanol to olefins” (MTO) texnologiyasi, (gazdan mustahkam sintetik tola va polimer mahsulotlar ishlab chiqarish - tahr.) asosida ishlaydigan zavod quriladi. Loyiha doirasida qariyb 5 milliard dollar investitsiya jalb etilib, AQSh, Germaniya, Daniya, Avstriya, Italiya va Xitoyning eng ilg‘or texnologiyalari keltirib o‘rnatiladi. Va natijada qo‘shilgan qiymati gazdan 5 barafar yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqariladi, 2 ming kishi ish bilan ta’minlanadi, qurilish, to‘qimachilik va boshqa korxonalar uchun xom-ashyo ishlab chiqariladi.
2.
Ikkinchi loyiha — BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quriladigan 250 megavattli quyosh elektr stansiyasi bo‘ldi. Bu loyiha uchun Olot tumanidan 648 gektar yer ajratilgan. Stansiya 2025-yil dekabrda yagona elektr tarmog‘iga ulanishi rejalashtirilgan.3.
Uchinchi loyiha – yangi xalqaro aeroport. 2023-yilda Buxoroga 1 million 400 mingga yaqin xorijiy turistlar tashrif buyurgan. Buxoroda 226 million dollarlik ushbu loyiha doirasida jahon standartlariga mos aeroport infratuzilmasi tashkil etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, ushbu majmualar qurilishini boshlab berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Buxaru
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Buxaru
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana