Malayziya palma yog‘ini barqaror ishlab chiqarishda yangi bosqichga o‘tdi

Obuna bo‘lish
Kompaniyalar xabarlari
Malayziya palma yog‘ini ishlab chiqarishda barqaror rivojlanish konsepsiyasiga javob beradigan usullarni joriy etgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi.
Ushbu yo‘nalishdagi faol ishlar 2000-yillarning boshlarida boshlangan, aynan o‘sha paytda mamlakatda palma yog‘ini yetishtirish bilan bog‘liq ekologik va ijtimoiy muammolarni yechish bo‘yicha birinchi chora-tadbirlar ko‘rilgan.
“Hozir biz bu masalani hukumat darajasiga ko‘tardik va barcha plantatsiyalarimiz barqaror rivojlanish mezonlari doirasida sertifikatlash jarayonidan o‘tmoqda. Barqaror rivojlanish tamoyillariga amal qilish sifatli iste’mol standartlariga javob bera oladigan mahsulotlarga talabi bor bo‘lgan iste’molchilar va kompaniyalar orasida Malayziya palma yog‘ining obro‘sini oshiradi”, — deya ma’lum qildi texnika fanlari nomzodi, Malayziya palma yog‘i ishlab chiqaruvchilar kengashining Rossiya va MDHdagi mintaqaviy vakili Aleksey Udovenko Sputnik agentligiga.
Keng qamrovli sinovlar va qat’iy sertifikatlashtirish natijasida Malayziya palma yog‘i o‘zining yuqori sifati va ko‘p qirraliligi bilan mashhur. Tarkibidagi muvozanatli yog‘ kislotalari sababli u turli xil ehtiyojlarda – pazandachilikdan tortib, nooziq-ovqat mahsulotlar, xususan, biodizel yoqilg‘isi uchun ham foydalaniladi.
Material tijoriy shartlar asosida chop etildi.
Yangiliklar lentasi
0