Toshkentda davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlari joriy etiladi — tafsilotlar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSemeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona
Semeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2024
Obuna bo‘lish
Endi bemorlar o‘zlari biriktirilgan oilaviy shifokorlar orqali tor soha mutaxassislariga yoki shifoxonalarga yo‘llanadi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Toshkentda aholiga bepul ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar va dori vositalarining kafolatlangan paketi joriy etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va yangi takliflar taqdimotida ma’lum qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va yangi takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-maya oznakomilsya s prezentatsiyey o deyatelnosti i novimi predlojeniyami Sentra proyektov zdravooxraneniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va yangi takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi 7-yilda sog‘liqni saqlash tizimiga ajratilayotgan mablag‘lar hajmi 5,9 trillion so‘mdan 33,5 trillion so‘mga, ya’ni 6 barobar oshirildi.
Tahlillarga ko‘ra, sohada aholi murojaatlarining 30 foizigina birlamchi bo‘g‘inda hal bo‘lmoqda. Ayrim kasalliklar bo‘yicha davolash uslublari eskirgan. Hamshiralarning ish doirasi keng emas.
Bugungi kunda gipertoniya, yurak ishemik va surunkali o‘pka xastaliklari, bronxial astma, qandli diabet, gepatit kabi eng ko‘p uchraydigan 7 ta kasallik guruhi bo‘yicha davolash standartlari xalqaro talablar asosida yangilandi.
Yil yakunigacha yana 300 ta klinik protokollar qayta ko‘rib chiqiladi. Bemorlarga odatiy tekshiruvlarni belgilash, dorisiz davolash kabi vazifalar shifokordan hamshiraga o‘tkaziladi. Poliklinikalarda bemorlar harakati tartibga solinib, shifokorlarga navbat kutish vaqti kamaytiriladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va yangi takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-maya oznakomilsya s prezentatsiyey o deyatelnosti i novimi predlojeniyami Sentra proyektov zdravooxraneniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va yangi takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

“Uch yil avval tajriba tariqasida Sirdaryo viloyatida tibbiy sug‘urta mexanizmlari yo‘lga qo‘yilgan edi. Bu sohadagi ko‘plab kamchiliklarni ko‘rsatib berdi. Tibbiyot muassasalari yetarlicha raqamlashtirilmagani sababli sug‘urta tizimi to‘liq ishlamayapti. Shifokorlarning ko‘p vaqti hisobot to‘ldirishga ketayapti. Shu bois Toshkent shahrida sohani raqamlashtirish bo‘yicha namunaviy tizim yaratish vazifasi qo‘yildi. Buning uchun barcha muassasalar yangi kompyuter va texnika vositalari bilan jihozlanadi. Yil yakunigacha “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” tizimlari ishga tushiriladi”, — deyiladi xabarda.

Shunga asoslanib, 2024-yilda poytaxtda davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlari joriy etiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va yangi takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-maya oznakomilsya s prezentatsiyey o deyatelnosti i novimi predlojeniyami Sentra proyektov zdravooxraneniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va yangi takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Tibbiy sug‘urta doirasida:
davlat tomonidan aholiga bepul ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar va dori vositalarining kafolatlangan paketi joriy etiladi;
bemorlarni o‘zlari biriktirilgan oilaviy shifokorlar orqali tor soha mutaxassislariga yoki shifoxonalarga yo‘llash tizimi tashkil qilinadi. Bunda ushbu tartibga rioya qilingan holdagina bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi;
aholiga kafolatlangan paket doirasida eng ko‘p uchraydigan kasalliklar bo‘yicha dori vositalari elektron retsept asosida dorixonalar orqali bepul beriladi.
“Tez tibbiy yordam tizimi tahlil qilinar ekan, asosiy muammo murojaatlarni kasallikning og‘irligiga qarab saralamaslik bilan bog‘liq ekani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois tez yordam “koll-markaz”larida bemorlarga shifokor maslahati ham yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. Bu yil Toshkent shahrida, kelasi yili boshqa hududlarda paramedik va pediatrik brigadalar tashkil qilinishi aytildi. Tizim xodimlari tibbiy maslahat shifokori, chaqiruvni saralash operatori, feldsher-paramedik yo‘nalishida qayta tayyorlanadi”, — deyiladi xabarda.
Taqdimotda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida sotib olinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatini hamda xarid jarayonini takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Yangiliklar lentasi
0