Rossiya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi gaz hamkorligining kelajagi qanday — video
13:04 21.05.2024 (yangilandi: 14:23 21.05.2024)
© Sputnik
Obuna bo‘lish
Ekspertlar Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya o‘rtasida gaz sohasidagi hamkorlikning geosiyosiy va geoiqtisodiy jihatlarining yangi bosqichini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida “Moskva-Toshkent-Ostona-Bishkek” ishtirokida videoko‘prik bo‘lib o‘tdi.
Mavzu: Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya o‘rtasida gaz sohasidagi hamkorlikning geosiyosiy va geoiqtisodiy jihatlari yangi bosqichda.
Ishtirokchilar hozirgi bosqichda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya o‘rtasidagi gaz sohasidagi hamkorlikning istiqbollari, gaz bo‘yicha hamkorlik dinamikasi va formatlariga geosiyosiy va geoiqtisodiy jihatlarning ta’siri, Rossiya-Markaziy Osiyo gaz hamkorligi uchun birinchi navbatda qanday potensial imkoniyatlar va formatlarni ishlab chiqish kerakligi haqida so‘z yuritishdi.
Ishtirokchilar:
Toshkentdan so‘zga chiquvchilar: "Ma'no" ilmiy tashabbuslar markazi direktori Baxtiyor Ergashev, energetika siyosati bo‘yicha ekspert, “O‘ztransgaz” AK sobiq bosh direktori Bekzod Amirsaidov va "Norma" kompaniyasi eksperti Jorilla Ahmedov.
Moskvadagi ishtirokchilar:"Geoenergetika.info" jurnali bosh muharriri Boris Marsinkevich, siyosatshunos, Moliya universiteti eksperti Ruslan Safarov.
Ostonadan ishtirokchilar: iqtisodchi, "Atameken" kanalidagi "Baydildinov.Neft" dasturi muallifi va boshlovchisi Oljas Baydildinov.
Bishkekdan ishtirok etuvchilar"Applikata" strategik qarorlar markazi direktori Kubat Rahimov, E.M. Primakov nomidagi jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy tadqiqot instituti Markaziy Osiyo sektori rahbari Stanislav Pritchin.