Raisiy o‘limidan keyin AQShdagi rasmiylar nimadan qo‘rqishlari aytildi

© Foto : DoD / Lisa FerdinandoAmerikanskiy flag na zdanii Ministerstva oboroni SShA. Arxivnoe foto
Amerikanskiy flag na zdanii Ministerstva oboroni SShA. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2024
Obuna bo‘lish
Politico: Vashingtonda Eron Raisiy o‘limida AQSh yoki Isroilni ayblashidan qo‘rqishadi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati rasmiylari Eron prezident Ibrohim Raisiy halok bo‘lgan vertolot halokatida AQSh yoki Isroilni ayblashi mumkinligidan xavotirda. Bu haqda RIA Novosti "Politico" gazetasiga tayanib xabar berdi.
“Bayden ma’muriyati rasmiylari hanuzgacha Eron Ibrohim Raisiy halok bo‘lgan vertolot halokatida AQSh yoki Isroilni ayblashi mumkinligidan xavotirda”, deyiladi xabarda.
Oq uy mintaqaviy status-kvo saqlanib qolishini kutmoqda, biroq ayni paytda Eronning ayblovlari Isroil bilan ziddiyatning kuchayishiga olib kelishi mumkinligidan xavotirda. Nashrning yozishicha, Amerika rasmiylari bir kun avval yo‘qolgan vertolot haqidagi xabarni xavotir bilan kuzatib, bu Yaqin Sharqdagi dinamikani qanday o‘zgartirishi mumkinligi haqida o‘ylashgan.
Tehron tezda Isroil va Qo‘shma Shtatlarni sabotajda ayblashi mumkinligidan xavotirlar bor edi, deydi yuqori martabali manbalar. Suhbatdoshlardan biri bir muncha vaqt "Uchinchi jahon urushi nahotki shunday boshlanadi?", degan savol aqldan ozdiruvchi hisoblanmaganini aytdi.
Eron Islom respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2024
Rasman: Eron prezidenti vertolot qulashi oqibatida halok bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0