Toshkentda Botir Zokirov haykali ochildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaToshkentda Botir Zokirov haykali ochildi
Toshkentda Botir Zokirov haykali ochildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2024
Obuna bo‘lish
Botir Zokirov haykalining ochilish marosimida Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Toshkentda milliy estrada san’ati asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. Tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Haykal O‘zbekiston davlat konservatoriyasi yonida barpo etildi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu haykal Botir Zokirov xotirasiga o‘rnatilgan ramziy bir timsoldir.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaToshkentda Botir Zokirov haykali ochildi
V Tashkente sostoyalos otkritie pamatnika osnovatelyu natsionalnogo estradnogo iskusstva, narodnomu artistu Uzbekistana Batiru Zakirovu. V meropriyatii po etomu sluchayu prinyal uchastie Prezident Shavkat Mirziyoyev, kotoriy serdechno pozdravil lyubiteley iskusstva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2024
Toshkentda Botir Zokirov haykali ochildi

“Ayni paytda Yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’atni ravnaq toptirish yo‘lida olib borayotgan barcha islohotlarimiz va ularning amaliy natijalari bu ulug‘ ijodkorga eng munosib yodgorlik bo‘ladi”, – dedi davlat rahbari.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaToshkentda Botir Zokirov haykali ochildi
V Tashkente sostoyalos otkritie pamatnika osnovatelyu natsionalnogo estradnogo iskusstva, narodnomu artistu Uzbekistana Batiru Zakirovu. V meropriyatii po etomu sluchayu prinyal uchastie Prezident Shavkat Mirziyoyev, kotoriy serdechno pozdravil lyubiteley iskusstva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2024
Toshkentda Botir Zokirov haykali ochildi
Botir Zokirov 1936-yilda san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. U 29 yoshida O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan. 2000-yilda “Buyuk xizmatlari uchun” va 2021-yilda “El-yurt hurmati” ordenlari bilan mukofotlangan.
Xonanda 1955-yilda, og‘ir dardga yo‘liqadi. Bir necha marta jarrohlik amaliyotlarini boshidan o‘tkazadi. Shifokorlar unga qo‘shiq aytishni taqiqlab qo‘yadi. Lekin shu ahvolda ham ijoddan, kuylashdan to‘xtamaydi.
Botir Zokirov sharq folklori va zamonaviy estrada san’atini uyg‘unlashtirib, “Muzik xoll” ijodiy jamoasini tashkil etgan, xonanda va kompozitor sifatida ko‘plab iste’dodli yoshlarga ustozlik qilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaToshkentda Botir Zokirov haykali ochildi
V Tashkente sostoyalos otkritie pamatnika osnovatelyu natsionalnogo estradnogo iskusstva, narodnomu artistu Uzbekistana Batiru Zakirovu. V meropriyatii po etomu sluchayu prinyal uchastie Prezident Shavkat Mirziyoyev, kotoriy serdechno pozdravil lyubiteley iskusstva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2024
Toshkentda Botir Zokirov haykali ochildi
"Respublikada xizmat ko‘rsatgan “Yalla” ansamblining tashkil topishida Botir Zokirovning xizmatlari beqiyosdir", – deyiladi xabarda.
Zokirov juda qisqa – 49-yil umr ko‘rgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaToshkentda Botir Zokirov haykali ochildi
V Tashkente sostoyalos otkritie pamatnika osnovatelyu natsionalnogo estradnogo iskusstva, narodnomu artistu Uzbekistana Batiru Zakirovu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2024
Toshkentda Botir Zokirov haykali ochildi
San’atkorning so‘nmas xotirasini e’zozlash, ijodiy merosini o‘rganish bo‘yicha qilinayotgan ishlar:
2021 yilda Botir Zokirovning 85-yillik tavallud ayyomi keng nishonlandi;
Ulug‘ hofiz nomidagi milliy mukofot ta’sis etildi;
U haqda ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli film va spektakllar yaratildi;
Yaqinda Botir Zokirovning xotira kechasi mamlakat jamoatchiligi hamda xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan atoqli san’atkorlar ishtirokida katta shodiyona sifatida o‘tkazildi;
Botir Zokirov tahsil olgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi joylashgan ko‘chaga u kishining tabarruk nomi berildi;
Ushbu konservatoriya huzurida Botir Zokirov nomidagi milliy estrada san’ati instituti barpo etildi;
Botir Zokirovning boy merosini chuqur o‘rganish va xalqqa yetkazish ishlarini davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasiga alohida qaror tayyorlash topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0