O‘zbekistonning to‘qimachilik mahsulotlari eksporti oshdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaBuxoro viloyatidagi “Siyovush tekstil” korxonasi.
Buxoro viloyatidagi “Siyovush tekstil” korxonasi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yanvar-mart oylarida qiymati 775,7 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. O‘zbekiston 55 ta davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-mart oylarida qiymati 775,7 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
O‘zbekiston mahalliy to‘qimachilik sohasida eksport hajmini 5 mlrd dollarga yetkazmoqchi
“Bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 12,2 % ini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,9 % ga oshgan”, — deyiladi xabarda.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (37,7 %), kalava-ip (46,8 %) asosiy ulushni egallagan.
Shunday qilib, yanvar-mart oylarida dunyoning 55 ta davlatiga to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
To‘qimachilik mahsulotlari tarkibi:
kalava-ip – 363,4 mln;
tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 292,5 mln;
trikotaj mato – 69 mln;
gazlamalar – 39,3 mln;
paypoq mahsulotlari – 11,5 mln.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda to‘qimachilik tarmog‘idagi 6 mingdan ziyod korxona 570 ming aholini doimiy ish bilan ta’minlamoqda. O‘zbekistonda o‘tgan yili to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish 94 trillion so‘mga yetib, so‘nggi 7-yilda 4,2 baravar oshgan, 2023-yilda tarmoqdagi eksport 3,1 milliard dollar bo‘lgan. Eksportning 80 % Rossiya, Xitoy va Turkiya bozorlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0