O‘zbekiston va Belarus ta’lim tizimini rivojlantirishga kelishib oldi — tafsilotlar

© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy respubliki UzbekistanV Minske proshel Perviy Uzbeksko-Belorusskiy forum professionalnogo obrazovaniya
V Minske proshel Perviy Uzbeksko-Belorusskiy forum professionalnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2024
Obuna bo‘lish
Minskda I O‘zbekiston-Belarus professional ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Minskda I O‘zbekiston-Belarus professional ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlatning tegishli vazirliklari, oliy o‘quv yurtlari va kollejlarining mas’ul xodimlaridan 80 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy respubliki UzbekistanV Minske proshel Perviy Uzbeksko-Belorusskiy forum professionalnogo obrazovaniya
V Minske proshel Perviy Uzbeksko-Belorusskiy forum professionalnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2024
V Minske proshel Perviy Uzbeksko-Belorusskiy forum professionalnogo obrazovaniya
Qayd etilishicha, forum Belarus va O‘zbekistonda professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yaqin aloqalarni o‘rnatish, mutaxassislar o‘rtasida bilim almashish, professional ta’lim sohasidagi Belarusning eng yaxshi ishlanmalari bilan bevosita tanishish imkoniyatini beradi.
Shuningdek, professional ta’lim tizimini yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy muloqot platformasi yaratiladi.
Forumda quyidagi hujjatlar imzolandi:
O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Belarus Ta’lim vazirligi o‘rtasida professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish to‘g‘risidagi 2024–2025 yillarga mo‘ljallangan "Yo‘l xaritasi";
ikki mamlakat oliy va professional ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, akademik mobillikni rivojlantirish, bitiruvchilar va pedagoglar stajirovkalarini tashkil etish bo‘yicha 50 ga yaqin hujjat.

O‘zbekiston tumanlarida Belarus tajribasi qo‘llaniladi

“Forum natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning 14 ta innovatsion tumanlarida Belarus tajribasi asosida elektrotexnika va qayta tiklanuvchi energetika, qurilish va kommunal xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq ovqat texnologiyalari, mashinasozlik va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish mutaxassisliklari bo‘yicha yangi ta’lim dasturlarini joriy etishga kelishildi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, Belarusda yaratilgan 30 nomdagi zamonaviy darslik va o‘quv qo‘llanmalari O‘zbekiston professional ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Belarusda stajirovkalar tashkil etiladi

Belarusning yirik va yuqori texnologik korxonalarida O‘zbekistondagi professional ta’lim muassasalarida tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilar amaliyotini hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalarining stajirovkalarini tashkil qilinadi.

“Belarusning kompetensiya markazlarini tashkil etish bo‘yicha tajribasi asosida O‘zbekistonning 14 ta hududida ilg‘or professional tayyorgarlik markazlarini tashkil etishda uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bunda Belarusning yetakchi professional ta’lim muassasalarini ilg‘or professional tayyorgarlik markazlari tashkil etiladigan O‘zbekistonning 14 ta professional ta’lim muassasalariga uslubiy yordam ko‘rsatish uchun biriktiriladi hamda ularning boshqaruv va pedagog kadrlarini jalb qilinadi”, — deyilgan xabarda.

Ilg‘or professional tayyorgarlik markazlari tashkil etishi rejalashtirilgan professional ta’lim muassasalarining 28 nafar boshqaruv va pedagog kadrlari 2+2 sxemasi bo‘yicha (O‘zbekistonda 2 hafta va Belarusda 2 hafta) malakasini oshirish bo‘yicha dastur ishga tushiriladi.
Belarus oliy va professional ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish bilan integratsiyasi bo‘yicha tajribasi o‘rganiladi, uni O‘zbekistondaqo‘llash yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.

Talabalar Belarusning talabalar otradlarida ishtirok etishadi

Oliy ta’lim muassasalari talabalarini Belarusning talabalar otradlarida ishtirok etishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu ularning yirik sanoat korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish esa bo‘lajak mutaxassislarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, talabalar o‘rtasida do‘stlik rishtalari shakllantirish imkonini yaratadi. Talabalar otradlarida ishtirok etganlarga kasbiy razrad olish imkoniyati beriladi.

“Ikki mamlakat yetakchi olim va tadqiqotchilari o‘rtasida ilmiy-texnologik konsorsium tashkil etilib, O‘zbekiston-Belarus qo‘shma ilmiy va maqsadli loyihalar tanlovini o‘tkazish hamda umumiy qiymati 20 milliard so‘m miqdoridagi jami 20 ta loyihalarni, shu jumladan professional ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish ham muhimdir. Shuningdek, muhandislik-texnika sohasi bo‘yicha 40 nafar professor-o‘qituvchi va tadqiqotchilarni Belarus ilmiy va oliy ta’lim muassasalarida tanlov orqali stajirovkalarini tashkil etiladi”, — deya qayd etilgan xabarda.

Bundan tashqari, oliy ma’lumotli va o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlashda fuqarolik va vatanparvarlik tarbiya jarayonlari bo‘yicha tajriba almashiladi.
Yangiliklar lentasi
0