Importni adolatli bozor raqobati orqali siqib chiqarish kerak — Putin

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishPrezident Vladimir Putin prinyal uchastie v yejegodnom rasshirennom zasedanii kollegii MVD
Prezident Vladimir Putin prinyal uchastie v yejegodnom rasshirennom zasedanii kollegii MVD - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya YaIMi 2024-yil oxirigacha 3 foizdan ko‘proqqa o‘sishi mumkin, dedi Putin.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiyaga importni ma’muriy choralar bilan emas, balki bozor raqobati orqali siqib chiqarish kerak, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo‘yicha Novo-Ogarovo qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda.

“Biz rivojlanishimiz, o‘z bozorimizni egallashimiz, importni siqib chiqarishimiz kerak”, - dedi davlat rahbari. Shu bilan birga, Putin importni ma’muriy choralar orqali emas, balki adolatli bozor raqobati orqali siqib chiqarish zarurligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda prezident, shuningdek, so‘nggi oylarda budjet daromadlari 1,5 baravardan ko‘proq oshganini qayd etdi, lekin shu bilan birga Davlat budjetini shakllantirishda konservativ yondashuvni saqlab qolish zarurligi qayd etildi.
Rossiya Federatsiyasi yalpi ichki mahsuloti 2024-yil oxirigacha joriy iqtisodiy dinamikadan kelib chiqib, 3 foizdan ko‘proqqa o‘sishi mumkin, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin ekspertlar hisobiga tayanib.
"Iqtisodiyotning hozirgi real holati uning rivojlanishi bo‘yicha prognozlarni yaxshilash imkonini beradi. Ko‘pgina ekspertlar joriy yil oxiriga kelib Rossiya yalpi ichki mahsuloti 3 foizdan ko‘proq o‘sishi mumkinligini aytishmoqda", - dedi u.
Yangiliklar lentasi
0