Kompaniyalar xabarlari
Ushbu bo‘limda kompaniyalar faoliyatiga oid yangiliklari hamda turli muassasalar bilan hamkorlik doirasida yuritilayotgan loyihalar haqidagi xabarlar chop etiladi.

“bilayn” – o‘zbekistonlik mijozlar uchun eng xavfsiz operator

© Sputnik / Kirill KallinikovBaner operatora mobilnoy svazi "Bilayn", arxivnoe foto
Baner operatora mobilnoy svazi Bilayn, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2024
Obuna bo‘lish
Kompaniyalar xabarlari
“bilayn” operatorning barcha, jumladan, O‘zbekistondan bo‘lgan mijozlari xavfsiz bo‘lishlari uchun zaruriy choralarni ko‘radi.
SIM-kartani “bilayn”ning xizmat ko‘rsatish ofislarida xarid qilayotib yoki unga saytda buyurtma berayotib, siz ishonch hosil qilishingiz mumkinki, SIM-karta faqat sizga tegishli va siz aloqaning barcha afzalliklaridan bemalol foydalanishingiz mumkin.
Agar SIM-kartani distribyutordan, masalan, vokzal va aeroportlarda olsangiz, uni sizga qonunga binoan – pasportingizdagi ma’lumotlar asosida rasmiylashtirib berishganiga ishonch hosil qiling. Agar sizdan pasport so‘rashmasa, SIM-kartani o‘z nomingizga rasmiylashtirib berishlarini talab qiling.
Nima sababdan bu muhim – “bilayn” o‘zining “Telekomning qora tomoni” hujjatli tadqiqot filmida batafsil hikoya qilgan. “Egasiz” SIM-kartalar ko‘pincha xorijiy pasportlarga rasmiylashtirilgan bo‘ladi va spamchilar, firibgarlar va boshqa jinoyatchilar tomonidan foydalaniladi.
Telefon raqami – turli xizmatlarda ro‘yxatdan o‘tishning ajralmas bir qismi, ijtimoiy tarmoqlar, bank ilovalari va boshqa ko‘plab narsalar shular jumlasidan.
SIM-karta yo‘qolib qolganda, agar u sizning nomingizda bo‘lmasa va siz egasini bilmasangiz, uni qayta tiklashning imkoni yo‘q. Boz ustiga, unga boshqa biror kishi ega chiqishi va u yoki bu operatsiyalarni tasdiqlash imkoniyatiga ega bo‘lishini inkor qilib bo‘lmaydi.
“bilayn” operatorning barcha, jumladan, O‘zbekistondan bo‘lgan mijozlari xavfsiz bo‘lishlari uchun zaruriy choralarni ko‘radi. Xususan, eng xavfsiz operatorning “Mening xavfsizligim” ("Moya bezopasnost") xizmati “bilayn”ning hamma tariflari va turli toifadagi mijozlar uchun ishga tushgan. Virtual yordamchi spam qo‘ng‘iroqlarni bloklaydi va ular bilan sizning o‘rningizda gaplashadi. Shuningdek, u sizga gaplashish noqulay bo‘lgan paytda oddiy qo‘ng‘iroqlarni qabul qiladi va unga “bilayn” ilovasida audioyozuv jo‘natadi.
Hozir o‘zingizni 0 rubl evaziga himoya qilishingiz mumkin – xizmatda bepul versiya mavjud. Unda himoyaning barcha funksiyalari yoqilgan. PRO versiyada esa (kuniga 5 rubl) siz qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘lasiz. Masalan, yordamchi sizga qabul qilingan qo‘ng‘iroqlarning nafaqat audioyozuvi, balki uni matn ko‘rinishida jo‘natadi. Qolaversa, xohishingizga ko‘ra ularni “Telegram”ga yuborishi mumkin.
Operator uning mijozlari kutilmaganda yaqinlari bilan aloqa uzilib qolishidan tashvishlanmasliklari uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rib qo‘ygan va aloqa xarajatlarini shaffof qilib qo‘ygan.
O‘zbekistonlik mijozlar “bilayn”ning barcha xizmatlaridan o‘zbek tilida foydalanishi va mobil ilovada ularni boshqarib turishi mumkin: aloqa xarajatlarini kuzatib borish, “bilayn bilan to‘la” ("Plati s bilayn") xizmatidagi raqam balansidan Rossiya bo‘ylab va MDH mamlakatlariga to‘lov qilish va pul jo‘natish, g‘ayriixtiyoriy ravishda qilingan obunalardan voz kechish mumkin. Agar telefondagi tizim tili o‘zbek tili sifatida o‘rnatilgan bo‘lsa, “bilayn” ilovasi ham unda aks etadi. Buning uchun biror bir narsani ulash kerak emas, bari avtomatik ravishda bo‘ladi.
Endi xorijda, aeroport va vokzallarda bo‘lib, Rossiyaga kelish bilan “bilayn”ni o‘z operatori va “Xush kelibsiz” va “Xush kelibsiz+” tariflarini tanlaganlar vatanga videoqo‘ng‘iroq uchun yoki film va video tomosha qilganlik uchun pul yechib olinishidan xavotirlanmasliklari mumkin. Barcha bu xizmatlar tariflarda allaqachon yoqilgan: “bilayn TV”dan bepul obuna, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarga cheklanmagan trafik, “Xush kelibsiz+”da esa “YouTube” va “TikTok”ga cheklanmagan trafik.
Rossiyaga kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari – bu tajribali internet foydalanuvchilari, va “bilayn” aloqa xarajatlarini oldindan bilish, uning mijozlari ortiqcha pul to‘lamasliklari uchun bu tariflarga barcha kerakli xizmatlarni yoqish haqida qayg‘urgan.
Material tijoriy shartlar asosida chop etildi.
Yangiliklar lentasi
0