https://oz.sputniknews.uz/20240420/malayziya-ozbekistonda-elektrotexnika-sohasida-qoshma-loyihalar-amalga-oshirishi-kutilmoqda-43527460.html
Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirishi kutilmoqda
Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirishi kutilmoqda
2024-04-20T16:44+0500
2024-04-20T16:44+0500
2024-04-20T16:44+0500
o‘zbekiston
malayziya
hamkorlik
loyiha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/14/43525139_0:29:1400:817_1920x0_80_0_0_b1d7c2a4349a3d3d8ab17d7ae7e8661a.jpg
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Erwan Technology Sdn. Bhd." ijrochi direktori Li Yeouv Lung bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.Suhbat davomida O‘zbekistonda mis xomashosini qayta ishlash, mamlakat energetika tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar hamda elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlari ta’kidlab o‘tildi. Respublikada xorijiy investorlarga berilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishlarda aniq loyihalarni ishlab chiqish maqsadida Malayziya kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.Ma’lumot uchun, 1993-yilda tashkil etilgan "Erwan Technology Sdn. Bhd." kompaniyasi "ERWAN" investitsiya xoldingi tarkibiga kiradi. Xolding muhandislik, mineral resurslar va qimmatbaho metallarni qazib olish va sotish, neft va gaz, elektrotexnika mahsulotlari, tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarish kabi 40 dan ortiq sohalarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalarni birlashtiradi.
o‘zbekiston
malayziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/14/43525139_136:0:1264:846_1920x0_80_0_0_99d9db8ec2c69a2034fe736b32a2a671.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
malayziya o‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirishi kutilmoqda
malayziya o‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirishi kutilmoqda
Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirishi kutilmoqda
Malayziya kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Erwan Technology Sdn. Bhd." ijrochi direktori Li Yeouv Lung bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb
xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Suhbat davomida O‘zbekistonda mis xomashosini qayta ishlash, mamlakat energetika tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar hamda elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlari ta’kidlab o‘tildi. Respublikada xorijiy investorlarga berilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Tomonlar O‘zbekistonda misni qayta ishlash uchun mavjud xomashyo bazasi, transformatorlar, kichik turdagi maishiy elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston hududlarida qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishlarda aniq loyihalarni ishlab chiqish maqsadida Malayziya kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun, 1993-yilda tashkil etilgan "Erwan Technology Sdn. Bhd." kompaniyasi "ERWAN" investitsiya xoldingi tarkibiga kiradi. Xolding muhandislik, mineral resurslar va qimmatbaho metallarni qazib olish va sotish, neft va gaz, elektrotexnika mahsulotlari, tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarish kabi 40 dan ortiq sohalarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalarni birlashtiradi.