Shavkat Mirziyoyev to‘qimachilik sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi
19:50 16.04.2024 (yangilandi: 10:44 17.04.2024)
© Sputnik / Mariya Naumenko Tekstilnaya fabrika v Muynake, kotoraya stala mestom raboti dlya 700 chelovek
© Sputnik / Mariya Naumenko
Obuna bo‘lish
Sanoat tarmoqlari orasida eng ko‘p aholini band qilgan soha bu to‘qmachilik sohasi, dedi prezident.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida to‘qimachilik sohasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
"Bugungi kunda to‘qimachilik tarmog‘idagi 6 mingdan ziyod korxona 570 ming aholini doimiy ish bilan ta’minlamoqda. Ya’ni, sanoat tarmoqlari orasida eng ko‘p ish o‘rinlari yaratgan ham, eng ko‘p aholini band qilib turgan soha ham bu – to‘qimachilik sanoati", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
To‘qimachilik sohasidagi muammolar:
oxirgi ikki yilda jahon bozorida to‘qimachilik mahsulotiga talab kamaydi;
O‘zbekistonnig asosiy eksport bozorlarida valyuta kursi bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi;
2023 yilda to‘qimachilik eksporti kutilganidan 200 million dollar kam bo‘ldi;
2023 yilda tayyor mahsulot eksporti 1,3 milliard dollarni tashkil etgani bo‘lsa-da, unda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushi kam bo‘ldi. Eksportning asosiy qismi narxi past bo‘lgan trikotaj.
eksportning 80 % Rossiya, Xitoy va Turkiya bozorlariga to‘g‘ri kelmoqda, AQSh va Yevropa bozoriga — kam.
Eksporti korxonalarning atigi 12%i yuqori standart va sertifikat talablariga javob beradi.
Muammolarning yechimlari:
1.
O‘zbekistonda 1 kg ip-kalavaning tannarxi jahondagidan 28% arzon. Bundan foydalanish kerak; 2.
Respublikadagi xom-ashyo bilan kamida 15 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish mumkin. Bu yana 500 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi. 3.
To‘qiimachilik korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish, soliq va kredit imtiyozlari berish. 4.
Bo‘yalgan mato eksportini kengaytirish, 5.
To‘qimachilik korxonalariga obyektlarni o‘z kuchi bilan qurishga ruxsat berish. 6.
Valyuta kreditlar foizini qisman qopolab berish. 7.
Mahalliy savdo komplekslarida “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomi ostida milliy mahsulotlar do‘konlarini tashkil qilish kabi taklifler berildi. Undan tashqari, yig‘ilishda To‘qimachilik uyushmasi faoliyatini ham faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Xususan, Klasterlar uyushmasi va To‘qimachilik uyushmasini birlashtirib, yagona “xom ashyodan tayyor mahsulotgacha” tizimini yaratish taklif qilindi. Sohadagi muammolarni tadbirkordan yaxshi biladigan odam yo‘qligi bois, uyushmani to‘qimachilikning har bir yo‘nalishidagi tadbirkorlardan iborat kengash boshqaradi.
O‘zbekistonda o‘tgan yili to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish 94 trillion so‘mga yetib, so‘nggi 7-yilda 4,2 baravar oshgani, 2023-yilda tarmoqdagi eksport 3,1 milliard dollar bo‘lgani ta’kidlandi.