Putin Raisiy bilan suhbatda Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident Irana Ebraxim Raisi, arxivnoe foto
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Irana Ebraxim Raisi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2024
Obuna bo‘lish
Putin Eron prezidenti Raisiy bilan telefon suhbatida Yaqin Sharqdagi vaziyatni, hamda ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildi.
TOShKENT, 16 apr – Sputnik. Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Ibrohim Raisiy orasida telefon suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Yaqin Sharqdagi vaziyat muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.

“Vladimir Putin barcha tomonlar oqilona vazminlik ko‘rsatishiga va butun mintaqa uchun halokatli oqibatlarga olib keladigan qarama-qarshilikning yangi bosqichiga yo‘l qo‘ymasligiga umid bildirdi”, — deyiladi Kreml xabarida.

O‘z navbatida “Raisiy Eronning harakatlari majburiy va cheklangan xususiyatga ega ekanligini ta’kidladi va Tehron qarama-qarshilikni yanada kuchayishidan manfaatdor emasligiga ishontirdi.
Tomonlar, shuningdek, mamlakatlarning Yaqin Sharqda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish tarafdori bo‘lgan prinsipial yondashuvlarini tasdiqladilar.

“Har ikki tomon ham Yaqin Sharqdagi hozirgi voqealarning asosiy sababi Falastin-Isroil mojarosining hal etilmagani ekanligini ta’kidladilar. vaziyat va siyosiy-diplomatik yechim uchun shart-sharoit yaratish inqirozi tasdiqlandi”, - deyiladi bayonotda.

Putin Raisiy va barcha musulmonlarni yaqinda bo‘lib o‘tgan Ramazon hayiti bilan ham tabrikladi.

“Vladimir Putin Ibrohim Raisiy va barcha Eron musulmonlarini muqaddas Ramazon oyi tugashi va yaqinda nishonlangan Ramazon hayiti bilan tabrikladi”, — deyiladi xabarda.

Undan tashqari, Moskva va Tehron qo‘shma infratuzilma loyihalari va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish haqida kelishib olishdi.
“Rossiya-Eron munosabatlarining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish chog‘ida turli sohalarda, jumladan, o‘zaro manfaatli infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ikki tomonlama hamkorlikni yanada izchil rivojlantirishga o‘zaro xohish bildirildi”, — deyiladi Kreml matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyining boshida Isroil Damashqdagi Eron elchixonasining konsullik binosiga hujum qilgan edi. O‘shandan Eronning yuqor lavozimli harbiysi bilan jami 13 kishi qurbon bo‘lgani xabar qilingan. Isroilning bu zarbasi barcha xalqaro qonunlarga zid ekani ta’kidlangan edi.

Bunga javoban Eron 13-aprel kuni yahudiy davlatiga ko‘p sonli dronlar va raketalar bilan zarba berdi. Tehron mintaqadagi davlatlarni zarba haqida oldindan ogohlantirdi va ular faqat harbiy nishonlarga yo‘naltirilganini ta’kidladi.
AQSh va Buyuk Britaniya Isroilga Eron raketalari va dronlarini tutib olishda yordam berdi. Isroil mudofaa kuchlari yahudiy davlati tomon uchayotgan 300 ga yaqin Eron snaradlarining 99 foizi tutib olinganini aytdi. Tehron 13-apreldagi hujumdan keyin boshqa chora ko‘rmasligini aytdi, biroq Isroil rasmiylari javob tayyorlanayotganini aytishdi.
Natsionalniy flag Irana nad Tegeranom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2024
Eron Isroilga qarshi operatsiya yakunlanganini ma’lum qildi
Yangiliklar lentasi
0