Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

“Yashil energetika” bu strategik to‘g‘ri yo‘l emas — Pritchin

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, uzoq muddatli istiqbolda quyosh panellaridan foydalanish qimmatga tushishi mumkin.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Yashil energetika — bu strategik to‘g‘ri yo‘l emas, deb hisoblaydi Rossiya Fanlar akademiyasining Xalqaro iqtisodiyot va munosabatlar instituti (IMEMO) Markaziy Osiyo sektori mudiri Stanislav Pritchin.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, uzoq muddatli istiqbolda quyosh panellaridan foydalanish qimmatga tushishi mumkin. Chunki ularni utilizatsiya qilish xarajatlari juda qimmat.
"O‘zbekistonlik energetiklar strategiyasida asosiy e’tibor “yashil” energiyaga qaratilgan. Bu ehtimol, mening subyektiv fikrimcha, strategik eng to‘g‘ri yo‘nalish emas. Chunki foydalanish muddati tugagan panellarni utilizatsiya qilishga ham juda katta mablag‘ talab qilinar ekan. Bu deyarli ularni ishlab chiqarishga sarflangan pulga teng", - deydi mutaxassis.
Shuningdek, Prtichin bir vaqtlar quyosh energetikasiga katta sarmoya kiritgan Avstraliyani misol keltirdi. Mutaxassisning aytishiga ko‘ra, ular bugun muddatini o‘tab bo‘lgan panellarni utilizatsiya muammosiga duch kelmoqda.
O‘zbekiston Strategik rivojlanish rejasiga ko‘ra, 2030-yilga kelib respublikaga yiliga 120 Giga Vatt energiya generatsiyasi kerak bo‘ladi. Bu hozirgidan ikki baravar ko‘p.
Yangiliklar lentasi
0