Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrazdnichnoe meropriyatie po sluchayu Mejdunarodnogo jenskogo dnya.
Prazdnichnoe meropriyatie po sluchayu Mejdunarodnogo jenskogo dnya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2024
Obuna bo‘lish
O‘z tabrik so‘zida prezident islom dini tinchlik, ezgulik va insonparvarlik dini ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

"Avvalo, muqaddas dinimiz buyurgan ibodat va amallarni muborak Ramazon oyida chin dildan, ixlos bilan ado etib, bugun hayit ayyomini katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgan siz, azizlarni, yurtimizdagi jamiki mo‘min-musulmonlar, butun xalqimizni samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak ehtiromim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman", - deyiladi tabrikda.

Prezident, shuningdek, o‘z tabrik so‘zida islom dini – tinchlik, ezgulik va insonparvarlik dini ekanini, tinchlik-omonlik, o‘zaro do‘stlik va ahillikka intilib yashash – chin mo‘minga xos fazilat ekanligi muqaddas kitoblarda yozilganini qayd etib o‘tdi.
Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev so‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha millat va konfessiya vakillari uchun vijdon erkinligini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratilayotganini ham alohida ta’kidlab o‘tdi.
"Jumladan, yangi masjidlar barpo etilmoqda, ulug‘ allomalar, aziz-avliyolarimizning qadamjolari obod qilinmoqda, milliy va diniy qadriyatlarimiz tiklanmoqda. Muborak Haj va Umra ziyoratlari uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda", - dedi prezident.
Shu o‘rinda Shavkat Mirziyoyev bu yilgi Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekistonda uch kunlik dam olish e’lon qilinganiga, bu esa bayramni yanada fayzli va mazmunli o‘tkazishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0