Shavkat Mirziyoyev Xitoy jamoat xavfsizlik vazirini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Xitoy jamoat xavfsizlik vaziri Van Saoxunni qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev Xitoy jamoat xavfsizlik vaziri Van Saoxunni qabul qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2024
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda jinoyatchilikka qarshi kurashda zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion usullarni joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. O‘zbekiston grezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-aprel kuni Xitoy Davlat kengashi a’zosi, jamoat xavfsizligi vaziri Van Saoxun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda xavfsizlikka nisbatan zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashishda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi, - deyiladi xabarda.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidladi va huquqni muhofaza qilish idoralari orasida hamkorlik uchun salohiyat va imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Xitoy jamoat xavfsizlik vaziri Van Saoxunni qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu KNR vo glave s ministrom obshestvennoy bezopasnosti Vanom Saoxunom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2024
Shavkat Mirziyoyev Xitoy jamoat xavfsizlik vaziri Van Saoxunni qabul qildi
Xususan, jamoat xavfsizligining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba almashish va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion usullarni joriy qilish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, malakali mutaxassislarni tayyorlash va boshqalar ko‘rsatib o‘tildi.
Van Saoxun O‘zbekiston prezidentiga Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi va ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Xitoy jamoat xavfsizlik vaziri Van Saoxunni qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu KNR vo glave s ministrom obshestvennoy bezopasnosti Vanom Saoxunom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2024
Shavkat Mirziyoyev Xitoy jamoat xavfsizlik vaziri Van Saoxunni qabul qildi
Yangiliklar lentasi
0