SputnikPro mahorat darsi Toshkentda qanday o‘tdi – video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Dmitriy Budansev talabalar va o‘qituvchilarga ijtimoiy tarmoqlar uchun kontentni qanday yaratish, montaj jarayonida qanday sirlar tomoshabinni ushlab qolishga yordam berishi va muvaffaqiyatsiz intervyuni qanday "saqlab qo‘yish" mumkinligi haqida gapirib berdi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetida SputnikPro mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Uni "Rossiya Segodnya" media guruhining Yaqin xorij va Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi Sputnik multimedia markazlari direksiyasining videomontaj rejisseri Dmitriy Budansev olib bordi.
Mahorat darsining mavzusi: Mashhur platformalar uchun video kontent: tomoshabinni qanday topish mumkin.
Ma’ruzachi ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent yaratish, montaj jarayonida qanday sirlar tomoshabinni saqlab qolishga yordam berishi va muvaffaqiyatsiz intervyuni qanday "saqlash" haqida gapirib o‘tdi.

“Bugun men tashrif buyurgan mehmonimizdan anchagina saboq oldim. Ya’ni montajda qanday qilib dinamikani yoki kontentni ommaga taqdim qilishda, o‘ziga jalb qilishda kerak bo‘ladigan omillarini o‘rgandim”, — dedi 3-bosqich talabasi Mohina Abduraimova.

O‘zbekzabon talabalar ham mahorat darsini tinglash imkoniga ega bo‘lishdi.

“Ma’lumotlar rus tilida berilganiga qaramasdan, o‘zbek tilida tarjimon bo‘ldi. Shuning uchun rus tilini bilmagan talabalar o‘zbek tilida o‘zlari uchun kerakli bilimlarni olishdi”, — dedi 4-bosqich talabasi Farangiz Qurbonova.

Nima uchun vaqtni qisqartirish muhim, bu yo‘naoishga endi kirib kelayotganlar va professionallar qanday dasturlardan foydalanishlari kerak? Shu kabi masalalar oxirgi mahorat darsida muhokama qilindi. Tafsilotlar Sputnik O‘zbekiston videosida.
Yangiliklar lentasi
0