https://oz.sputniknews.uz/20240325/tanzila-narbaeva-bmt-uchrashuv-43125014.html
Tanzila Narbayeva BMT bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar
Tanzila Narbayeva BMT bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va BMT o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi.
2024-03-25T09:28+0500
2024-03-25T09:28+0500
2024-03-25T11:39+0500
siyosat
o‘zbekiston
o‘zbekiston oliy majlisi senati
tanzila norboyeva
bmt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/19/43125067_0:50:1281:770_1920x0_80_0_0_987df2396df0f6ba2585589740e4b947.jpg
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi 140 taga yaqin dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senati xabar berdi.Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Parlamentlararo ittifoqning 148-Assableyasida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Jenevada bo‘lib turipti.Tashrif doirasida Tanzila Narbayeva BMT bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Jenevadagi bo‘limi bosh direktori Tatyana Valovaya bilan uchrashdi.O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, gender tenglikni ta’minlash borasida qo‘shma dastur va loyihalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Valovaya O‘zbekistonning BRMni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.BMT O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan rezolyutsiyani qabul qildiUchrashuvda shuningdek, inson huquq va erkinliklarini, gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.Qayd etilishicha, tomonlar muloqotni tizimli davom ettirish, hamkorlikdagi loyihalarni kengaytirish orqali hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20240313/qishloq-ayollari-narbaeva-bmt-tashabbus-42908722.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/19/43125067_93:0:1186:820_1920x0_80_0_0_3ead1be32cc226a2b692a5ded738a4bd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tanzila narbayeva bmt bosh kotibi o‘rinbosari tatyana valovaya
tanzila narbayeva bmt bosh kotibi o‘rinbosari tatyana valovaya
Tanzila Narbayeva BMT bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar
09:28 25.03.2024 (yangilandi: 11:39 25.03.2024) O‘zbekiston va BMT o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi 140 taga yaqin dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senati
xabar berdi. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Parlamentlararo ittifoqning 148-Assableyasida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Jenevada bo‘lib turipti.
Tashrif doirasida Tanzila Narbayeva BMT bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Jenevadagi bo‘limi bosh direktori Tatyana Valovaya bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, gender tenglikni ta’minlash borasida qo‘shma dastur va loyihalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
“O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib, 140 taga yaqin dastur va loyihalar amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Valovaya O‘zbekistonning BRMni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Uchrashuvda shuningdek, inson huquq va erkinliklarini, gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Qayd etilishicha, tomonlar muloqotni tizimli davom ettirish, hamkorlikdagi loyihalarni kengaytirish orqali hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olishdi.