Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiyada bomba va snaradlar ishlab chiqarish hajmi bir necha barobar oshdi

© Sputnik / Mixail Kuravlev / Mediabankka o‘tishProizvodstvo boyekomplekta dlya tankov na zavode im. Karla Libknexta v Sankt-Peterburge
Proizvodstvo boyekomplekta dlya tankov na zavode im. Karla Libknexta v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2024
Obuna bo‘lish
FAB-3000 rusumli aviabombalarning ommaviy ishlab chiqarilishi 2024-yil fevral oyidan boshlab yo‘lga qo‘yildi.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Nijniy Novgorod viloyatidagi qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashrif buyurib, u yerda ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.
2024 ylning fevral oyidan boshlab Nijniy Novgorod viloyatidagi korxona "FAB-3000" (vazni 3 tonnali) havo bombalarini ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, korxona FAB-1500 va FAB-500 aviabombalari ishlab chiqarishni bir necha barobarga oshirdi.
Artilleriya snaradlari va ular uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish so‘nggi ikki yilda 22 baravar oshgan. Bu maxsus harbiy operatsiyani snaradlar bilan yetarli darajada ta’minlashga imkon beradi.

"Bunday ko‘rsatgichlarga erishish uchun mudofaa korxonalari oldin konservatsiya qilingan ishlab chiqarish quvvatlarini qayta ishga tushirish, snaradlar ishlab chiqarish liniyalarini qayta jihozlash va modernizatsiya qilingan", - deyiladi xabarda.

Ayni damda Rossiya olib borayotgan maxsus harbiy operatsiya G‘arbning juda ko‘p zaif nuqtalarini oshkor qildi. Shulardan biri snaradlar ishlab chiqarish. Ayni damda Ukraina Qurolli kuchlari jiddiy "snarad ochligini"ni his qilmoqda. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, AQSh va NATO barcha ishlab chiqarish quvvatlarini ishga solsa ham Kiyevga yetarlicha snarad yetkazib bera olmasligini ta’kidlashmoqda.
Yangiliklar lentasi
0