O‘zbekiston va Eron talaba qizlar uchun almashinuv dasturlarini ishlab chiqishga kelishib oldi

© Senat Oliy Majlisa Mejdu jenskimi organizatsiyami Uzbekistana i Irana budet nalajeno prakticheskoe sotrudnichestvo
 Mejdu jenskimi organizatsiyami Uzbekistana i Irana budet nalajeno prakticheskoe sotrudnichestvo  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Eron xotin-qizlar tashkilotlari o‘rtasida amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Eron xotin-qizlar tashkilotlari o‘rtasida amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar berdi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Nyu-Yorkda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Oliy Majlis Senati raisi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Tanzila Narbayeva Eron Islom Respublikasining Xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Ensiyo Xazaliy bilan uchrashdi.
“Ilmiy muassasalar o‘rtasida oila va xotin-qizlar muammolarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik qilish hamda O‘zbekiston va Eronning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida talaba qizlar uchun almashinuv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik doirasida xotin-qizlar tashkilotlari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi.
"Bu borada ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy-ma’rifiy hayotdagi ishtirokini oshirish, jamiyatdagi ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarni qo‘shma loyihalar asosida birlashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi", — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Qayd etilishicha, oliy darajadagi, shuningdek, ikki davlat hukumatlari va parlamentlari o‘rtasidagi faol o‘zaro aloqalar mamlakatlar ayollari o‘rtasidagi hamkorlik uchun muhim platforma yaratmoqda.
Tanzila Kamalovna Narbayeva predsedatel Senata Oliy Majlisa vidvinula rad initsiativ na 68-y sessii Komissii OON po polojeniyu jenshin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2024
Qishloq ayollari uchun ta’lim va himoya: Narbayevaning BMTdagi tashabbuslari
Yangiliklar lentasi
0