Qishloq ayollari uchun ta’lim va himoya: Narbayevaning BMTdagi tashabbuslari

© Senat Oliy Majlisa respublika UzbekistanTanzila Kamalovna Narbayeva predsedatel Senata Oliy Majlisa vidvinula rad initsiativ na 68-y sessii Komissii OON po polojeniyu jenshin
Tanzila Kamalovna Narbayeva predsedatel Senata Oliy Majlisa vidvinula rad initsiativ na 68-y sessii Komissii OON po polojeniyu jenshin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2024
Obuna bo‘lish
Sessiyada Markaziy Osiyo mintaqasi va Ozarbayjon nomidan Tanzila Narbayeva so‘zga chiqdi.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) Ayollar holati bo‘yicha komissiyasining 68-sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi, deya xabar berdi O‘zbekiston yuqori palatasi matbuot xizmati.
BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida BMT Ayollar holati bo‘yicha komissiyasining 68-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Uning ishida Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Bu yilgi sessiyada kambag‘allikni bartaraf etish, institutlar salohiyati va moliyalashtirishni kuchaytirish orqali gender tengligiga erishish va barcha xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish, bu borada Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar platformasi tamoyillarining hayotga tatbiq etilishi masalalari muhokama qilinmoqda.
Anjumanda ayollarning qashshoqligini tugatish va gender tengligini oshirishga yordam beradigan harakatlarni ishlab chiqish va investitsiyalarni jalb qilish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.
“Ushbu nufuzli tadbirga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida BMT Ayollar tashkiloti keyingi 5-yilda O‘zbekistonning gender tenglikka erishish, xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ko‘plab ijobiy natijalarini e’tiborga olib, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi bilan kelishgan xolda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlatlarining sessiya bo‘yicha maslahatlashuvlarini Toshkent shahrida o‘tkazgan edi. Tadbir yakunlari bo‘yicha ayollar va qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoya qilish borasida yagona pozitsiya ishlab chiqildi”, — deyiladi xabarda.
Sessiyada Markaziy Osiyo mintaqasi va Ozarbayjon nomidan Tanzila Narbayeva so‘zga chiqdi.
“Senat raisi bugungi kunda mamlakatlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni faol rivojlantirayotgani, qo‘shma sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilayotgani, gender tenglikni ta’minlash sohasida o‘zaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganini ta’kidlab, hamkorlik bo‘yicha umumiy yondashuvlarni ma’lum qildi va qator tashabbuslarni ilgari surdi”, — deyiladi xabarda.
Ilgari surilgan tashabbuslar:
kambag‘allikni qisqartirish va munosib mehnat sharoitlarini yaratish uchun BMTning “Ish o‘rinlarini yaratish va ijtimoiy himoya global akseleratori” doirasida global darajada ayollar va qizlarni himoya qilish bo‘yicha samarali choralar ko‘rish, o‘quv dasturlari va o‘qitish uslublariga, shuningdek, STEM-ta’limiga, ayniqsa, qishloq joylarda gender yondashuvini joriy etish .
hududlarda BMTTD loyihalari doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, ayniqsa qishloq ayollari uchun raqamli savodxonlik va IT ko‘nikmalarini oshirish dasturlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi raqamli tafovutni bartaraf etish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani tartibga solish.
BMT Ayollar tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyo bo‘ylab ayollarning 10,3 foizi o‘ta qashshoqlikda yashaydi. 2030-yilga borib Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun kambag‘allikka barham berishdagi muvaffaqiyat 26 baravar tezroq bo‘lishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0