Sirdaryo o‘zanida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovReka Sirdarya
Reka Sirdarya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2024
Obuna bo‘lish
Sirdaryoda noqonuniy qazib olish ishlar natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik.Sirdaryo o‘zanida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi. Bu haqda prezidentning tegishli farmonida nazarda tutilgan.
Prezidentning tegishli farmoni bilan “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi.
“2024 yil 1-maydan Sirdaryo darosi o‘zanidagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi, shuningdek, noqonuniy qazib olish ishlari natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik kuchaytiriladi”, — deyiladi hujjat matnida.
Sirdaryo darosining yuvilgan qirg‘oqlarini mustahkamlash, qirg‘oq bo‘yi mintaqasidagi buzilgan yerlarning tabiiy holatini qayta tiklash va reabilitatsiya qilish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0