https://oz.sputniknews.uz/20240308/makron-frantsiyada-jamoat-fikrini-ukrainaga-qoshin-yuborishga-tayyorlamoqchi--siyosatchi-42846760.html
Makron Fransiyada jamoat fikrini Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorlamoqchi – siyosatchi
Makron Fransiyada jamoat fikrini Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorlamoqchi – siyosatchi
Sputnik O‘zbekiston
Fransiya uchun bundan buyon Ukraina mojarosida "qizil chiziqlar" yo‘q, dedi Makron. 08.03.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-03-08T15:50+0500
2024-03-08T15:50+0500
2024-03-08T15:50+0500
fransiya
rossiya
nato
germaniya
emmanuel makron
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/02/23727900_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_adee7550d1fe84e93178c7f7a609223c.jpg
TOShKENT, 8 mar – Sputnik. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, agar Ukrainada front Odessa yoki Kiyevga tomon siljisa, Parij Ukrainaga qo‘shin kiritishi mumkinligiga jamoatchilik fikrini tayyorlamoqda, dedi Milliy assambleya a’zosi, Kommunistik partiya rahbari Fabiyen Russel BFM.TV telekanalida.Deputatning fikriga ko‘ra, bugungi kunda "Fransiya bu mojaroga sherik bo‘lib qolmaslik va Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka kirishmaslik uchun hamma narsani qilish kerak". Lekin Makron o‘z bayonotlari bilan erishmoqchi bo‘lgan "strategik noaniqlik" Fransiya mojaroga aralasha oladi, deb o‘ylashga imkon beradi."Men unga savol berdim: "Mojaro boshida siz sherik bo‘lmaslik va Rossiya bilan urushga kirmaslik uchun kesib o‘tib bo‘lmaydigan qizil chiziqlar bo‘lishi kerakligini aytdingiz. Bugungi kunda shunday qizil chiziq bormi?” U menga shunday javob berdi: “Yo‘q, endi chegaralar bo‘lmasligi kerak, mojaroning mohiyati o‘zgardi”, — dedi Russel.Shunday qilib, kommunistik yetakchiga ko‘ra, Makron ertaga Fransiya Rossiya bilan urushga kirishishi mumkinligini aniq tan oladi.Bir kun avval Fransiya prezidenti muxolifat yetakchilari bilan muzokaralar o‘tkazib, ularni Ukrainani qo‘llab-quvvatlash kuchayishini qo‘llab-quvvatlashga ko‘ndirishga urindi. Ammo muxolifat rahbarlari va prezident Kiyevni qo‘llab-quvvatlash choralari bo‘yicha kelishuvga erisha olishmadi, partiya yetakchilari esa Makronni Parijni Ukrainadagi mojaroga tortishdan ogohlantirdi.Fevral oyi oxirida Makron "Rossiyaning bu urushda g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun hamma narsani qilishini" aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari rahbarlari Ukrainaga qo‘shin kiritish imkoniyatini muhokama qilgan, biroq hozircha konsensusga erishilmagan.Shundan so‘ng Yevropaning bir necha davlatlari, jumladan Germaniya Ukrainaga qo‘shin yuborishga qarshi bayonotlar bilan chiqdi. Fransiya ichidagi barcha partiya takchilari ham prezidentning bu pozitsiyasiga qarshi bo‘ldilar. Kreml voqealarning bunday rivojlanishi muqarrar ravishda Rossiya va NATO o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvga olib kelishini aytgan edi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/02/23727900_90:0:2821:2048_1920x0_80_0_0_3aeda3127c5fbd9a800ca3eb5f0fa34e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
fransiya, rossiya, nato, germaniya, emmanuel makron , ukraina
fransiya, rossiya, nato, germaniya, emmanuel makron , ukraina
Makron Fransiyada jamoat fikrini Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorlamoqchi – siyosatchi
Fransiya uchun bundan buyon Ukraina mojarosida "qizil chiziqlar" yo‘q, dedi Makron.
TOShKENT, 8 mar – Sputnik. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, agar Ukrainada front Odessa yoki Kiyevga tomon siljisa, Parij Ukrainaga qo‘shin kiritishi mumkinligiga jamoatchilik fikrini tayyorlamoqda, dedi Milliy assambleya a’zosi, Kommunistik partiya rahbari Fabiyen Russel
BFM.TV telekanalida.
"Prezident, "agar front Odessa yoki Kiyev tomon harakatlansa biz qilamiz? Bizning aralashuvimizda hech qanday cheklovlar bo‘lmasligi kerak" dedi. Menimcha shu tariqa u Fransiyaning bu mojaroga aralashishiga jamoatchilik fikrini tayyorlamoqda", – dedi siyosatchi.
Deputatning fikriga ko‘ra, bugungi kunda "Fransiya bu mojaroga sherik bo‘lib qolmaslik va Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka kirishmaslik uchun hamma narsani qilish kerak". Lekin Makron o‘z bayonotlari bilan erishmoqchi bo‘lgan "strategik noaniqlik" Fransiya mojaroga aralasha oladi, deb o‘ylashga imkon beradi.
"Men unga savol berdim: "Mojaro boshida siz sherik bo‘lmaslik va Rossiya bilan urushga kirmaslik uchun kesib o‘tib bo‘lmaydigan qizil chiziqlar bo‘lishi kerakligini aytdingiz. Bugungi kunda shunday qizil chiziq bormi?” U menga shunday javob berdi: “Yo‘q, endi chegaralar bo‘lmasligi kerak, mojaroning mohiyati o‘zgardi”, — dedi Russel.
Shunday qilib, kommunistik yetakchiga ko‘ra, Makron ertaga Fransiya Rossiya bilan urushga kirishishi mumkinligini aniq tan oladi.
"Bu meni xavotirga solmoqda, chunki bu so‘zlar yordamida u harbiy eskalatsiyada ishtirok etmoqda, chunki bu har safar ushbu mojaroni global qo‘zg‘atishga yangi qadam bo‘ladi va bu xavfli", - deya qo‘shimcha qildi deputat.
Bir kun avval Fransiya prezidenti muxolifat yetakchilari bilan muzokaralar o‘tkazib, ularni Ukrainani qo‘llab-quvvatlash kuchayishini qo‘llab-quvvatlashga ko‘ndirishga urindi. Ammo muxolifat rahbarlari va prezident Kiyevni qo‘llab-quvvatlash choralari bo‘yicha kelishuvga erisha olishmadi, partiya yetakchilari esa Makronni Parijni Ukrainadagi mojaroga tortishdan ogohlantirdi.
Fevral oyi oxirida Makron "Rossiyaning bu urushda g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun hamma narsani qilishini" aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari rahbarlari Ukrainaga qo‘shin kiritish imkoniyatini muhokama qilgan, biroq hozircha konsensusga erishilmagan.
Shundan so‘ng Yevropaning bir necha davlatlari, jumladan Germaniya Ukrainaga qo‘shin yuborishga qarshi bayonotlar bilan chiqdi. Fransiya ichidagi barcha partiya takchilari ham prezidentning bu pozitsiyasiga qarshi bo‘ldilar.
Kreml voqealarning bunday rivojlanishi muqarrar ravishda Rossiya va NATO o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvga olib kelishini aytgan edi.