https://oz.sputniknews.uz/20240302/qatar-ozbekiston-hududlarida-qishloq-xojaligi-loyihalarini-amalga-oshirmoqchi-42742837.html
Qatar O‘zbekiston hududlarida qishloq xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirmoqchi
Qatar O‘zbekiston hududlarida qishloq xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Qatar O‘zbekiston hududlarida qishloq xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirmoqchi
2024-03-02T12:48+0500
2024-03-02T12:48+0500
2024-03-02T12:54+0500
o‘zbekiston
qatar
hamkorlik
qishloq xo‘jaligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/199/23/1992342_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_561738763881d84ae232591f0fc63b80.jpg
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. O‘zbekiston elchisi Ashraf Xodjayev Qatarda eng yirik sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi "Baladna" fermer xo‘jaligi bosh ijrochi direktori Malkolm Jordan bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.Tegishli o‘rganish ishlari yakunlangach, "Baladna" kompaniyasi vakillari keyingi muzokaralar uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishadi."Baladna" kompaniyasi 2014-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Qatarning eng yirik mahalliy oziq-ovqat va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Kompaniya cho‘l sharoitida tashkil etilgan zamonaviy barcha qulayliklarga ega chorvachilik xo‘jaligi sanaladi.Mazkur sohada Qatar ichki bozorining 70 foizi kompaniya ulushiga to‘g‘ri keladi. Yillik daromadi – 2,2 milliard dollar, ishchilar soni – 1850 nafar kishi. Umumiy maydoni 2,6 ming kvadrat kilometr bo‘lgan kompleksda 24 ming bosh qoramollar mavjud bo‘lib, kunlik ishlab chiqarish hajmi 800 ming litr sut mahsulotini tashkil etadi. Kompaniya 3 ta qayta ishlash zavodlarida 268 turdagi 450 tonna sut mahsulotlarini chiqaradi.
https://oz.sputniknews.uz/20240301/ozbekiston-va-qatar-ortasida-sogliqni-saqlash-sohasidagi-hamkorlik-rivojlantiriladi-42724133.html
o‘zbekiston
qatar
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/199/23/1992342_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_bffac3274770b67f502d1c5b2e6a981e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qatar o‘zbekiston hududlarida qishloq xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirmoqchi
qatar o‘zbekiston hududlarida qishloq xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirmoqchi
Qatar O‘zbekiston hududlarida qishloq xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirmoqchi
12:48 02.03.2024 (yangilandi: 12:54 02.03.2024) Qatar tomoni O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida Buxoro yoki Jizzax viloyatida loyihalarni amalga oshirish maqsadida tegishli o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. O‘zbekiston elchisi Ashraf Xodjayev Qatarda eng yirik sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi "Baladna" fermer xo‘jaligi bosh ijrochi direktori Malkolm Jordan bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb
xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Uchrashuv davomida Qatar tomoni O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida Buxoro yoki Jizzax viloyatida loyihalarni amalga oshirish maqsadida tegishli o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Tegishli o‘rganish ishlari yakunlangach, "Baladna" kompaniyasi vakillari keyingi muzokaralar uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishadi.
"Baladna" kompaniyasi 2014-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Qatarning eng yirik mahalliy oziq-ovqat va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Kompaniya cho‘l sharoitida tashkil etilgan zamonaviy barcha qulayliklarga ega chorvachilik xo‘jaligi sanaladi.
Mazkur sohada Qatar ichki bozorining 70 foizi kompaniya ulushiga to‘g‘ri keladi. Yillik daromadi – 2,2 milliard dollar, ishchilar soni – 1850 nafar kishi. Umumiy maydoni 2,6 ming kvadrat kilometr bo‘lgan kompleksda 24 ming bosh qoramollar mavjud bo‘lib, kunlik ishlab chiqarish hajmi 800 ming litr sut mahsulotini tashkil etadi. Kompaniya 3 ta qayta ishlash zavodlarida 268 turdagi 450 tonna sut mahsulotlarini chiqaradi.