Nemislar yana bir nimani boshlamoqchi — Simonyan

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishGlavniy redaktor telekanala RT i MIA "Rossiya segodnya" Margarita Simonyan
Glavniy redaktor telekanala RT i MIA Rossiya segodnya Margarita Simonyan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2024
Obuna bo‘lish
Margarita Simonyan Bundesver yuqori martabali harbiylarining Qrim ko‘prigiga zarba berish haqidagi suhbatini e’lon qildi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. “Rossiya Segodnya” media guruhi va "RT" telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan Bundesverning yuqori martabali zobitlari Qrim ko‘prigiga “Taurus” raketalari yordamida beriladigan zarba haqidagi suhbatining to‘liq matnini e’lon qildi.

Fransiya samolyotlari Germaniya raketalari

19 fevral kuni bo‘lib o‘tgan suhbatda Bundesverning Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligining operatsiyalar va mashqlar bo‘limi boshlig‘i Frank Grefe, Harbiy-havo kuchlari inspektori Ingo Gerxarts hamda kosmik qo‘mondonlik va havo operatsiyalari markazi xodimlari Fenske va Frostedt ishtirok etgan.
Suhbatdoshlar operatsiyani bir necha bosqichga bo‘lish va hujumni rejalashtirish uchun Britaniyaga murojaat qilishni taklif qilishgan.
Shu bilan birga, zobitlardan biri Rossiyadagi nishonlariga zarbalarni muvofiqlashtirish uchun 21-fevral kuni Ukrainaga rejalashtirilgan safarini eslatib o‘tdi.
“Ko‘prikning vayron bo‘lishi haqida yana bir narsani aytmoqchiman, biz bu masalani chuqur o‘rganib chiqdik va afsuski, ko‘prik o‘zining kattaligi bo‘yicha samolyotlar uchish-qo‘nish yo‘lagiga o‘xshaydi, degan xulosaga keldik. Unga hujum qilish uchun o‘nta va hatto 20 ta raketa ham yetmasligi mumkin", – deydi suhbatdoshlardan biri.
Hujum uchun Fransiyaning Rafale qiruvchi samolyotlari hamda Taurus (Germaniya) raketalaridan foydalanish mumkin, deb qayd etishgan suhbatdoshlar.

Germaniya ishtirokini yashirish

Bundesver vakillari ko‘prikka hujum uyushtirish yo‘llarini izlashmoqda va shu bilan birga Germaniyani mojaro tarafiga aylantirmaslikka harakat qilshmoqda. Variantlardan biri ukrainaliklarni tayyorlashdir.
“Biz birinchi navbatda, bunday siyosiy qaror bevosita ishtirok etishni anglatadimi yo‘qmi bilishimiz kerak. Aks holda o‘qitish uzoqroq davom etishi mumkin va ular murakkabroq vazifalarni bajarishi mumkin, ehtimol ularda allaqon o‘xshash tajriba bor.
Agar tayyorgarlik jarayonida bevosita ishtirok etishni istisno qilish imkoni bo‘lsa, biz biz ishtirok eta olmaymiz, buni Buxelda amalga oshirib keyin ularga yetkazib berish, bu — Germaniya uchun "qizil chiziq", - deyiladi suhbat stenogrammasida.
Bundan tashqari, nemis zobitlari sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va Rossiya hududidagi nishonlarining koordinatalarini uch metrgacha aniqlik bilan Kiyevga yetkazish imkoniyatini tan olishgan.
Taurus raketalarini Ukrainaga yetkazib berish ehtimolini muhokama qilar ekan, harbiylar raketalar Ukraina Qurolli kuchlari yetkazib berilgandan keyin sakkiz oy o‘tib ulardan foydalanishi mumkinligini ta’kidlashdi. Hammasi bo‘lib Bundesver yuzga yaqin raketa yetkazib bera oladi.
Shu bilan birga, ofitserlar ushbu raketalar "harbiy harakatlar yo‘nalishini o‘zgartira olmasligini" tan olishgan.

Qarama-qarshi bayonotlar

Kil Jahon iqtisodiyoti instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya 2023-yilda Ukrainaga taxminan 11,8 milliard yevrolik yordam bergan. So‘nggi ikki yil ichida esa 17 milliarddan ortiq mablag‘ ajratgan.
Mojaroda bevosita ishtirok etish mumkin emasligi haqidagi ehtiyotkor bayonotlarga qaramay, Berlin Vashington va Londondan keyin Kiyev uchun uchinchi yirik donor hisoblanadi.
O‘tgan seshanba kuni Germaniya kansleri Olaf Shols Germaniya uzoq masofali “Taurus” qanotli raketalarini Ukrainaga bermasligini ma’lum qildi. Bu haqda u Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Kiyev rejimiga yordam berish uchun navbatdagi, to‘qqizinchi koalitsiya – o‘rta va uzoq masofali raketalarni yetkazib berish bo‘yicha tuzilganini e’lon qilganidan keyin aytdi.
Keyinchalik Shols Berlin bu snaradlarni Moskvagacha yetib borishi mumkin bo‘lganligi sababli Kiyevga topshirishdan bosh tortganini tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Taurus” dan foydalanishni nazorat qilish uchun Ukrainaga nemis harbiylarini yuborish kerak bo‘ladi, ammo bu istisno.
Shu bilan birga, o‘tgan hafta Bundestag hukmron koalitsiya tomonidan taqdim etilgan Rossiya hududining ichidagi strategik nishonlarni yo‘q qilish uchun Ukrainaga uzoq masofali qurollar yetkazib berish bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Hujjatda “Taurus” to‘g‘ridan-to‘g‘ri tilga olinmagan, lekin Bundestag mudofaa qo‘mitasi rahbari Mari-Agnes Shtrak-Simmermann aytganidek, aynan ular nazarga tutilgani ayondir.
Nemis ofitserlarining to‘liq suhbati stenogrammasi bilan quyida tanishish mumkin. (rus tilida)
Yangiliklar lentasi
0