https://oz.sputniknews.uz/20240301/frantsuzlar-ukraina-uchun-qurbon-bolmaydi-tiv-42728003.html
Fransuzlar Ukraina uchun qurbon bo‘lmaydi — TIV
Fransuzlar Ukraina uchun qurbon bo‘lmaydi — TIV
Sputnik O‘zbekiston
Makronning Ukrainaga qo‘shin va uzoq masofali raketalar yuborish haqidagi bayonotlari tanqidga uchradi va YeI bu borada yakdil emasligini namoyish qildi. 01.03.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-03-01T14:01+0500
2024-03-01T14:01+0500
2024-03-01T14:03+0500
rossiya
fransiya
emmanuel makron
ukraina
yevropa
yevropa ittifoqi
nato
germaniya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/14/40159477_0:161:3069:1887_1920x0_80_0_0_e25fbc0197778480c1ca9ca56bd86d2d.jpg
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Fransiya Ukrainaga harbiy amaliyotlar o‘tkazish uchun qo‘shin yubormaydi, fransuzlar Ukraina uchun qurbon bo‘lmaydi, dedi juma kuni Fransiya tashqi ishlar vaziri Stefan Sejourne. RIA Novosti xabariga asosan. Avvalroq Emmanuel Makron G‘arb davlat rahbarlari Ukrainaga qo‘shin kiritish imkoniyatini muhokama qilgan, biroq hozircha konsensusga erishilmaganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek u YeI Ukrainaga o‘rta va uzoq masofali raketalar yetkazib berishini ma’lum qilgandi. Keyinroq Makronning Ukrainaga askar yuborish ehtimoli haqidagi bayonotlari Yevropada keskin tanqidga uchradi. Fransiyaning BFM nashri yozishiga ko‘ra, Markronning Ukrainaga qo‘shin jo‘natish rejalari Rossiyani cho‘chitmadi, aksincha, G‘arb yetakchilarining bu bayonotga munosabati Yevropaning harbiy mojaroga tayyor emasligini ko‘rsatdi. Oqibatda — buning aksi bo‘lib chiqdi. G‘arb davlatlarining Ukrainaga o‘z harbiylarini yuborish ehtimoli NATO va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv xavfini oshiradi, deb avvalroq RIA Novosti agentligiga harbiy xavfsizlik va qurol nazorati bo‘yicha Venada bo‘lib o‘tayotgan muzokaralardagi Rossiya delegatsiyasi rahbari Konstantin Gavrilov.
ukraina
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/14/40159477_267:0:2998:2048_1920x0_80_0_0_f8c224ec24a8babaeba6408121cee9cd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, fransiya, emmanuel makron , ukraina, yevropa, yevropa ittifoqi, nato, germaniya
rossiya, fransiya, emmanuel makron , ukraina, yevropa, yevropa ittifoqi, nato, germaniya
Fransuzlar Ukraina uchun qurbon bo‘lmaydi — TIV
14:01 01.03.2024 (yangilandi: 14:03 01.03.2024) Makronning Ukrainaga qo‘shin va uzoq masofali raketalar yuborish haqidagi bayonotlari tanqidga uchradi va YeI bu borada yakdil emasligini namoyish qildi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Fransiya Ukrainaga harbiy amaliyotlar o‘tkazish uchun qo‘shin yubormaydi, fransuzlar Ukraina uchun qurbon bo‘lmaydi, dedi juma kuni Fransiya tashqi ishlar vaziri Stefan Sejourne. RIA Novosti
xabariga asosan.
"Fransuzlar Ukraina uchun o‘lmaydi. Biz jangovar harakatlar uchun qo‘shin yubormaymiz, chunki biz boshidan Rossiya bilan urush qilmasdan turib uning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslikni maqsad qilganmiz. Ushbu konsepsiya doirasida hech narsa istisno qilinmagan", - dedi Sejournet Frace Inter radiosida.
Avvalroq Emmanuel Makron G‘arb davlat rahbarlari Ukrainaga qo‘shin kiritish imkoniyatini muhokama qilgan, biroq hozircha konsensusga erishilmaganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek u YeI Ukrainaga o‘rta va uzoq masofali raketalar yetkazib berishini ma’lum qilgandi.
Keyinroq Makronning Ukrainaga askar yuborish ehtimoli haqidagi bayonotlari Yevropada keskin tanqidga uchradi.
Xususan, Germaniya kansleri Olaf Shols va Mudofaa vaziri Boris Pistorius Germaniya Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yubormasligini aytdi va NATO davlatlari umuman bu ishni qilmoqchi emasligini ta’kidladi. Bundan tashqari, kansler Ukrainaga uzoq masofali "Taurus" qanotli raketalarini yuborish rejalari yo‘qligini yana bir bor ta’kidladi.
Fransiyaning BFM nashri yozishiga ko‘ra, Markronning Ukrainaga qo‘shin jo‘natish rejalari Rossiyani cho‘chitmadi, aksincha, G‘arb yetakchilarining bu bayonotga munosabati Yevropaning harbiy mojaroga tayyor emasligini ko‘rsatdi. Oqibatda — buning aksi bo‘lib chiqdi.
G‘arb davlatlarining Ukrainaga o‘z harbiylarini yuborish ehtimoli NATO va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv xavfini oshiradi, deb avvalroq RIA Novosti agentligiga harbiy xavfsizlik va qurol nazorati bo‘yicha Venada bo‘lib o‘tayotgan muzokaralardagi Rossiya delegatsiyasi rahbari Konstantin Gavrilov.