Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Amerikalik yollanma askar Rossiya UQKga nimalar qilganini oshkor qildi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishBoyevaya podgotovka voyennoslujashix VDV v zone SVO
Boyevaya podgotovka voyennoslujashix VDV v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2024
Obuna bo‘lish
Vandaykning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi uning guruhidagi yollanma askarlarga ham hujum qilgan.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli Kuchlariga dronlar yordamida doimiy hujumlar uyushtirmoqda, bu esa ukrainalik harbiylar uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda, dedi amerikalik yollanma askar Mett Vandayk “Judging Freedom” YouTube-kanalidagi efirda.
"Katta muammo shundaki, frontda nafaqat artilleriya bor. Ruslar bizni dronlar bilan aniqlab, granatalar tashlamoqda. Men o‘zim ham shunday holatga duch keldim", – deydi u.
Vandaykning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi uning guruhidagi yollanma askarlarga ham hujum qilgan. U, shuningdek, Ukraina Qurolli Kuchlarida askarlarning sezilarli darajada tanqisligi va ko‘plab ukrainaliklar safarbar bo‘lishni istamasligini aytdi.
"Vyetnam urushi paytida ham xuddi shunday muammoga duch kelgan edik", – deb eslaydi Vandayk.
FPV-dron – dronning bir turi bo‘lib (asosan kopter, shuningdek, samolyot turlari), operator tomonidan masofadan boshqarish pulti va virtual yoki qo‘shimcha reallik ko‘zoynaklari yordamida masofadan boshqariladi, unga dronning kurs kamerasidan tasvir uzatiladi. Shunday qilib, dron operatori o‘zining oldidagi tasvirni dronni shaxsan boshqarayotgandek ko‘radi.
G‘arb Rossiyada ishlab chiqarilgan FPV-dronlarining samaradorligi va xavfli kuchini bir necha bor qayd etgan. "Forbes" Rossiya Ukraina Qurolli Kuchlariga qarshi kurashish uchun bunday uskunalarni ommaviy ishlab chiqarayotgani haqida xabar berdi. U Ukraina Qurolli Kuchlarining ko‘p sonli zirhli texnikasi va artilleriyasini ishdan chiqarishga qodir.
Yangiliklar lentasi
0