NATO Kiyevga qurol yetkazishda muvofiqlashtiruvchi rolini o‘z zimmasiga olmoqchi — Zaxarova

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV: NATO Ukrainadagi mojaroga bevosita aloqadorligini ochiq e’lon qiladi.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Shimoliy atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) Kiyev rejimiga qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi rolini o‘z zimmasiga olmoqchi bo‘lib, shu bilan Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etishini ochiq e’lon qilmoqda. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Zaxarova NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg "e’tiborli bayonot bilan chiqqanini" ta’kidladi. Stoltenberg “endi Kiyevga harbiy yordam ajratish masalalari nafaqat “Ramshtayn” formatida, balki Ukraina-NATO kengashi yig‘ilishlarida ham muhokama qilinishini aniq aytdi”.

“Boshqacha aytganda, (Kiyevga harbiy yordam - tahr.) AQSh va YeI tomonidan ajratilishi bilan bog‘liq qiyinchiliklarga qaramay, alyans, aslida, Zelenskiy rejimiga qurol yetkazib berish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi rolini o‘z zimmasiga olmoqchi. Ma’lum bo‘lishicha, NATO mojaroda o‘zining bevosita ishtiroki haqida ochiq gapirmoqda”, — deyiladi Zaxarovaning bayonotida.

Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berish yuzasidan NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0