Shavkat Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2024
Obuna bo‘lish
Denis Manturov davlat yetakchisiga Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya hamraisi Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Muzokaralar avvalida Denis Manturov davlat yetakchisiga Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 5-7 oktabr kunlari Rossiyaga rasmiy tashrifi yakunida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu vo glave s zamestitelem Predsedatelya Pravitelstva – ministrom promishlennosti i torgovli Rossiyskoy Federatsii Denisom Manturovim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2024
Shavkat Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
"Uchrashuvda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 6,6 foizga oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Sanoat, energetika, transport, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda", — deyiladi xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu vo glave s zamestitelem Predsedatelya Pravitelstva – ministrom promishlennosti i torgovli Rossiyskoy Federatsii Denisom Manturovim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2024
Shavkat Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
O‘zaro savdoning o‘sish sur’atlarini davom ettirish, kooperatsiya loyihalarini, shu jumladan joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida uchinchi bor o‘tkaziladigan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi negizida yanada ilgari surish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
Yangiliklar lentasi
0