https://oz.sputniknews.uz/20240216/qozogistonda-ozbekiston-fuqarolari-qutqarib-qolindi-42527241.html
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari qutqarib qolindi
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari qutqarib qolindi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston elchixonasi fuqarolardan murakkab ob-havo sharoitida uzoq yo‘lga chiqmaslikni so‘ramoqda. 16.02.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-02-16T14:10+0500
2024-02-16T14:10+0500
2024-02-16T14:10+0500
qozog‘iston
o‘zbekiston
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
avtobus
qor
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/10/42527355_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_9b3e5b5cf4b5b2da7ff326ad4697aff2.jpg
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari 2024-yil 15-fevral kuni Oqmo‘la viloyati, Jaqsi tumani, Jaqsi qishlog‘i yaqinida avtomobil yo‘lida og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatdi.Ostona-Chelyabinsk yo‘nalishida harakatlanayotgan texnik nosoz avtobusdan jami 64 kishi evakuatsiya qilindi. Ular yaqin qishloqdagi maktabdagi isitish markaziga joylashtirildi, issiq ovqat bilan ta’minlandi, tibbiy yordam kerak bo‘lmadi. Qutqarilganlar orasida 27 nafar O‘zbekiston fuqarolari bor, jumladan, 12 nafar bola ham. O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi ushbu vaziyatni nazorat ostiga olgan. Elchixona Oqmo‘la viloyati hokimligi, politsiya va FV boshqarmasi bilan aloqada.Ob-havo sharoitining yomonlashuvi munosabati bilan Qozog‘istonning 11 viloyatida respublika ahamiyatiga molik yo‘llarning 46 ta yo‘l uchastkasida transport harakatiga cheklovi kiritilgan. Bundan tashqari, havo haroratining -33...-35 darajagacha pasayishi kutilmoqda.Ushbu munosabat bilan elchixona O‘zbekiston fuqarolaridan murakkab ob-havo sharoitida uzoq sayohatga chiqmaslikni so‘rab qolgan.
qozog‘iston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/10/42527355_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_5891a67efcd99555ce76529aa7688a82.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston, o‘zbekiston, favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv), avtobus, qor, jamiyat
qozog‘iston, o‘zbekiston, favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv), avtobus, qor, jamiyat
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari qutqarib qolindi
O‘zbekiston elchixonasi fuqarolardan murakkab ob-havo sharoitida uzoq yo‘lga chiqmaslikni so‘ramoqda.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari 2024-yil 15-fevral kuni Oqmo‘la viloyati, Jaqsi tumani, Jaqsi qishlog‘i yaqinida avtomobil yo‘lida og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatdi.
Ostona-Chelyabinsk yo‘nalishida harakatlanayotgan texnik nosoz avtobusdan jami 64 kishi evakuatsiya qilindi. Ular yaqin qishloqdagi maktabdagi isitish markaziga joylashtirildi, issiq ovqat bilan ta’minlandi, tibbiy yordam kerak bo‘lmadi.
Qutqarilganlar orasida 27 nafar O‘zbekiston fuqarolari bor, jumladan, 12 nafar bola ham.
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi ushbu vaziyatni nazorat ostiga olgan. Elchixona Oqmo‘la viloyati hokimligi, politsiya va FV boshqarmasi bilan aloqada.
Ob-havo sharoitining yomonlashuvi munosabati bilan Qozog‘istonning 11 viloyatida respublika ahamiyatiga molik yo‘llarning 46 ta yo‘l uchastkasida transport harakatiga cheklovi kiritilgan. Bundan tashqari, havo haroratining -33...-35 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
Ushbu munosabat bilan elchixona O‘zbekiston fuqarolaridan murakkab ob-havo sharoitida uzoq sayohatga chiqmaslikni so‘rab qolgan.