https://oz.sputniknews.uz/20240209/qatar-airways-ozbekistonga-parvozlarni-yolga-qoyadi-42415919.html
“Qatar Airways” O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
“Qatar Airways” O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Sputnik O‘zbekiston
“Qatar Airways” O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
2024-02-09T10:52+0500
2024-02-09T10:52+0500
2024-02-09T11:29+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qatar
aviaparvozlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/09/42416815_0:81:1801:1094_1920x0_80_0_0_368f193255ea3848dfa1e2343f66ce83.jpg
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. "Qatar Airways" Doha — Toshkent — Doha yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda “Uzbekistan airports” "Qatar Airways"ga asoslanib xabar berdi.Ta’kidlanishicha, birinchi parvoz joriy yil 2-iyunga belgilangan. Yo‘lovchi reyslari haftasiga to‘rt marta — dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi."Qatar Airways" bosh qarorgohi Dohada joylashgan Qatar milliy aviakompaniyasi hisoblanadi. Aviakompaniya dunyo bo‘ylab 170 dan ortiq yo‘nalishlarga parvoz qiladi. "Qatar Airways" ko‘plab nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritgan va "Skytrax" tomonidan yetti marta "Dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi" deb topilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20231006/qatar-ozbekiston-vizasiz-rejim-39700843.html
o‘zbekiston
qatar
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/09/42416815_0:0:1601:1200_1920x0_80_0_0_f0dd6f8cdf7c0710064fb392bacd547c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“qatar airways” o‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
“qatar airways” o‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
“Qatar Airways” O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
10:52 09.02.2024 (yangilandi: 11:29 09.02.2024) Yo‘lovchi reyslari haftasiga to‘rt marta amalga oshiriladi.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. "Qatar Airways" Doha — Toshkent — Doha yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda “Uzbekistan airports” "Qatar Airways"ga asoslanib
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, birinchi parvoz joriy yil 2-iyunga belgilangan. Yo‘lovchi reyslari haftasiga to‘rt marta — dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
“Biz uchun bu darajadagi yirik aviakompaniyaning Toshkent aeroportiga parvoz qilishi juda muhim. Biz har yili nafaqat reyslar geografiyasini kengaytirish, balki xorijiy aviatashuvchilar sonini ko‘paytirish, bozorda sog‘lom raqobatni rivojlantirish va shu bilan birga, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash ustida ish olib boramiz”, — deya ta’kidlaydi “Uzbekistan airports”.
"Qatar Airways" bosh qarorgohi Dohada joylashgan Qatar milliy aviakompaniyasi hisoblanadi. Aviakompaniya dunyo bo‘ylab 170 dan ortiq yo‘nalishlarga parvoz qiladi. "Qatar Airways" ko‘plab nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritgan va "Skytrax" tomonidan yetti marta "Dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi" deb topilgan.