Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi yakunlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaZavershenie vizita Shavkata Mirziyoyeva v Kitayskuyu Narodnuyu Respubliku.
Zavershenie vizita Shavkata Mirziyoyeva v Kitayskuyu Narodnuyu Respubliku. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2024
Obuna bo‘lish
Aeroportda oliy martabali mehmonni Guandun muzofotining rasmiy shaxslari kuzatib qo‘ydi.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaZavershenie vizita Shavkata Mirziyoyeva v Kitayskuyu Narodnuyu Respubliku.
Zavershenie vizita Shavkata Mirziyoyeva v Kitayskuyu Narodnuyu Respubliku. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2024
“Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga samarali uchrashuvlar va erishilgan kelishuvlarga boy bo‘lgan davlat tashrifi o‘z yakuniga yetdi”, - deyiladi xabarda.
Davlat rahbari 24-yanvar kuni Pekin shahrida XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi. So‘ng yetakchilar Qo‘shma bayonot qabul qildilar, ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.
Tashrifning birinchi kunida ushbu mamlakat Davlat kengashi Bosh vaziri Li San va Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi Raisi Chjao Leszi bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, CNPC va CITIC korporatsiyalari, Xitoy Eksport-import banki rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Davlat tashrifining ikkinchi kuni Xitoyning innovatsiyalar poytaxti – Shenchjen shahrida ishbilarmonlik tadbirlari bayrog‘i ostida o‘tdi. Prezident Guandun muzofoti partiya qo‘mitasi kotibi Xuan Kunmin bilan hududlararo aloqalarni muhokama qildi.
Mirziyoyev Xitoy yirik biznesining 600 dan ziyod vakillarini yig‘gan qo‘shma Investitsiya forumida ishtirok etdi hamda Ipak yo‘li fondi, “SANY” va “CSG” kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.
Global elektromobillar bozori peshqadami – “BYD” kompaniyasi bosh qarorgohi va texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, davlat rahbari Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillarni birgalikda ishlab chiqarishga start berdi.
Shu bilan Xitoyga davlat tashrifi dasturidagi tadbirlar yakunlandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaZavershenie vizita Shavkata Mirziyoyeva v Kitayskuyu Narodnuyu Respubliku.
Zavershenie vizita Shavkata Mirziyoyeva v Kitayskuyu Narodnuyu Respubliku. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2024
Aeroportda oliy martabali mehmonni Guandun muzofotining rasmiy shaxslari kuzatib qo‘ydi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaZavershenie vizita Shavkata Mirziyoyeva v Kitayskuyu Narodnuyu Respubliku.
Zavershenie vizita Shavkata Mirziyoyeva v Kitayskuyu Narodnuyu Respubliku. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2024
Yangiliklar lentasi
0