https://oz.sputniknews.uz/20240110/talabalar-pul-amaliyot-tartib-41985686.html
Talabalar uchun pul to‘lanadigan amaliyot o‘tash tartibi belgilandi
Talabalar uchun pul to‘lanadigan amaliyot o‘tash tartibi belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
Amaliyot o‘tash uchun 500 ta o‘rin ajratiladi.
2024-01-10T11:13+0500
2024-01-10T11:13+0500
2024-01-10T11:13+0500
jamiyat
o‘zbekiston
talabalar
yangi qaror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36550816_0:302:2773:1862_1920x0_80_0_0_3e5d7efa85c1e88404d1df2ab6840eca.jpg
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Talabalar uchun haq to‘lanadigan amaliyot o‘tash tartibi belgilandi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizomda nazarda tutilgan.Nizomga ko‘ra, haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili kamida bir marotaba tanlov o‘tkaziladi.Bunda amaliyot o‘tash uchun 500 ta (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan) o‘rin ajratiladi.Tanlovda ishtirok etish uchun talaba arizani shaxsan o‘zi, pochta orqali yoki elektron shaklda o‘zi o‘qiyotgan oliy ta’lim tashkilotiga topshiradi.Tanlovda qatnashish uchun talaba:Oliy ta’lim tashkiloti ariza bergan talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yo‘llanma xati bilan Maxsus komissiyaga 5 ish kunida taqdim etadi.Maxsus komissiya ushbu hujjatlarni kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni davomida ko‘rib chiqib, talabani tanlovda ishtirok etishi yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.Maxsus komissiya tomonidan talaba amaliyotini tashkil etish ish rejasi himoyasi (taqdimot ko‘rinishida) o‘tkazilib, 20 kun ichida yakuniy qaror qabul qilinadi.Yakuniy qaror qabul qilingandan 10 ish kuni davomida tanlov natijalari bo‘yicha ma’lumot Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.Amaliyot 1 oydan 3 ochgacha bo‘lgan davr mobaynida o‘quv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.Talabaning amaliyot o‘tashi uchun sinov muddati belgilanmaydi.G‘olib talabalarning amaliyoti bo‘yicha xarajatlar Maxsus komissiya tomonidan yakuniy qaror qabul qilingandan so‘ng 15 kun davomida qoplanadi.Nizom harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36550816_126:99:2511:1888_1920x0_80_0_0_4e51b32b77c1cef7b02472a43afdce5d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
talabalar pul to‘lanadigan amaliyot o‘tash tartib hukumat qarori o‘zbekiston
talabalar pul to‘lanadigan amaliyot o‘tash tartib hukumat qarori o‘zbekiston
Talabalar uchun pul to‘lanadigan amaliyot o‘tash tartibi belgilandi
Amaliyot o‘tash uchun 500 ta o‘rin ajratiladi.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Talabalar uchun haq to‘lanadigan amaliyot o‘tash tartibi belgilandi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizomda
nazarda tutilgan. Nizomga ko‘ra, haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili kamida bir marotaba tanlov o‘tkaziladi.
Bunda amaliyot o‘tash uchun 500 ta (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan) o‘rin ajratiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun talaba arizani shaxsan o‘zi, pochta orqali yoki elektron shaklda o‘zi o‘qiyotgan oliy ta’lim tashkilotiga topshiradi.
Tanlovda qatnashish uchun talaba:
bitiruvchi bosqichda tahsil olayotgan bo‘lishi;
ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) tarmoq korxonasidagi faoliyat yo‘nalishiga mos bo‘lishi;
O‘zbekiston rezidenti bo‘lishi lozim.
Oliy ta’lim tashkiloti ariza bergan talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yo‘llanma xati bilan Maxsus komissiyaga 5 ish kunida taqdim etadi.
Maxsus komissiya ushbu hujjatlarni kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni davomida ko‘rib chiqib, talabani tanlovda ishtirok etishi yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Maxsus komissiya tomonidan talaba amaliyotini tashkil etish ish rejasi himoyasi (taqdimot ko‘rinishida) o‘tkazilib, 20 kun ichida yakuniy qaror qabul qilinadi.
Yakuniy qaror qabul qilingandan 10 ish kuni davomida tanlov natijalari bo‘yicha ma’lumot Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Amaliyot 1 oydan 3 ochgacha bo‘lgan davr mobaynida o‘quv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Talabaning amaliyot o‘tashi uchun sinov muddati belgilanmaydi.
G‘olib talabalarning amaliyoti bo‘yicha xarajatlar Maxsus komissiya tomonidan yakuniy qaror qabul qilingandan so‘ng 15 kun davomida qoplanadi.
“Bunda talabaga BHMning 2 baravari miqdorida ish haqi va unga hisoblangan ijtimoiy soliq tegishli hisobraqamiga o‘tkaziladi”, — deyiladi hujjatda.
Nizom harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.