Putin “Rossiya segodnya”ni 10-yilligi bilan tabrikladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin posetil MIA "Rossiya segodnya"
Prezident RF V. Putin posetil MIA Rossiya segodnya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti media-guruh o‘z ish sifatini bundan keyin ham yuqori darajada ushlab turishiga, ichki va xalqaro axborot makonida tan olingan yetakchilardan biri sifatidagi mavqeyini saqlab qolishiga ishonch bildirdi.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya segodnya” xalqaro media-guruhining 10-yilligi bilan uning xodimlarini tabriklab, u “mamlakat va jahondagi voqealarni tezkor va ishonchli yoritib boruvchi iqtidorli mutaxassislardan iborat katta, ahil jamoani birlashtirganini” ta’kidladi.
“Siz o‘z o‘tmishdoshlaringiz – taniqli jurnalistlar, muxbirlar, muharrirlar, tarjimonlar, publitsistlarning ijodiy an’analarini munosib davom ettirayotganingiz quvonarlidir. O‘z tajriba va bilimlaringizni yosh xodimlarga saxovat bilan baham ko‘ring”, — deyiladi tabrik telegrammasida.
Rossiya prezidenti media-guruh o‘z ish sifatini bundan keyin ham yuqori darajada ushlab turishiga, ichki va xalqaro axborot makonida tan olingan yetakchilardan biri sifatidagi mavqeyini saqlab qolishiga ishonch bildirdi.
“Rossiya segodnya” xalqaro media-guruhi rus tilidagi axborot resurslarini birlashtiradi: RIA Novosti, PRAYM, InoSMI, Baltnews, Ukraina.ru, Sotsialniy navigator, KOT va Arctic.ru. Xorijda uni Sputnik xalqaro axborot agentligi va radiosi taqdim etadi.
Media-guruhning asosiy mahsulotlaridan biri bu rus, ingliz, xitoy, ispan, arab va fors tillarida axborot lentasi hisoblanadi. “Rossiya segodnya” xalqaro auditoriya, biznes hamjamiyat, davlat idoralari va keng doiradagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan yirik rus axborot mahsulotlarini ishlab chiqaruvchisi.
Yangiliklar lentasi
0