https://oz.sputniknews.uz/20231130/ozbekiston-suv-noqonuniy-foydalanish-javobgarlik-41324752.html
Suvdan noqonuniy foydalanish qanday javobgarlikka sabab bo‘ladi?
Suvdan noqonuniy foydalanish qanday javobgarlikka sabab bo‘ladi?
Sputnik O‘zbekiston
“O‘zsuvta'minot” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari suvdan noqonuniy foydalanish qanday oqibatlarga olib kelishi va nima uchun O‘zbekiston hududlarida tariflar... 30.11.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-11-30T15:40+0500
2023-11-30T15:40+0500
2023-11-30T17:17+0500
jamiyat
o‘zbekiston
suv
jarima
javobgarlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1e/41327318_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_a96e3eb0456accb2dae3b66f3c5ba840.jpg
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Kommunal tarmoqlarga, jumladan, suv ta’minotiga noqonuniy ulanish, sovuq suv hisoblagichlari va ularning plombalarini qasddan buzish, shuningdek, hisoblagichlarni buzish o‘g‘irlik deb topilib, 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bu haqida “O‘zsuvta'minot” aksiyadorlik jamiyatida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.Ayni paytda O‘zbekistonda 4,5 million iste’molchi suv ta’minoti tizimi bilan qamrab olingan bo‘lib, ulardan 3 million nafari yoki 66,3 foiziga ichimlik suvi hisoblagichlari o‘rnatilgan, 1,5 million nafari yoki 33,7 foizi hisoblagichlardan foydalanmaydi.Ayni paytda aholini markazlashtirilgan tizim orqali uzluksiz va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash ma’lum kuch, mehnat va katta moliyaviy xarajatlarni talab etadi.Xususan, bir kubometr ichimlik suvining tarif qiymatida quyidagi xarajatlar ko‘rsatilgan:"O‘zsuvta'minot" kompaniyasi tushuntirganidek, suv ta’minotining texnologik jarayonlari turlicha bo‘lgani uchun mamlakatning har bir hududida tariflar har xil.“O‘zsuvta'minot ” AJ ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston ichimlik suvining 42 foizini yer osti suvlaridan, 58 foizini esa yer usti manbalaridan oladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan ushbu turdagi resurslarga yuk faqat ortadi.Iqlim o‘zgarishi, demografik o‘sish va respublikaning iqtisodiy rivojlanishi tufayli suv tanqisligi kuchayadi. Shu bois mutaxassislar va ekologlar joylarda ichimlik suvidan oqilona foydalanishni ommalashtirish maqsadida fuqarolar e’tiborini ushbu muhim masalaga qaratmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20231130/ozbekiston-suvni-tejash-favqulodda-ish-41317381.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1e/41327318_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_7547aae04854ffc8805aa28093df25dd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
suv noqonuniy foydalanish javobgarlik o‘zbekiston
suv noqonuniy foydalanish javobgarlik o‘zbekiston
Suvdan noqonuniy foydalanish qanday javobgarlikka sabab bo‘ladi?
15:40 30.11.2023 (yangilandi: 17:17 30.11.2023) “O‘zsuvta'minot” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari suvdan noqonuniy foydalanish qanday oqibatlarga olib kelishi va nima uchun O‘zbekiston hududlarida tariflar farqlanishini tushuntirdi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Kommunal tarmoqlarga, jumladan, suv ta’minotiga noqonuniy ulanish, sovuq suv hisoblagichlari va ularning plombalarini qasddan buzish, shuningdek, hisoblagichlarni buzish o‘g‘irlik deb topilib, 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bu haqida “O‘zsuvta'minot” aksiyadorlik jamiyatida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ushbu qismini buzish BHMning eng kam miqdori 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 million so‘mdan 6 million so‘mgacha) jarima solishni yoki huquqbuzarni 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishni nazarda tutadi”, — dedi boshqarma matbuot xizmati rahbari Akmal Murodov.
Ayni paytda O‘zbekistonda 4,5 million iste’molchi suv ta’minoti tizimi bilan qamrab olingan bo‘lib, ulardan 3 million nafari yoki 66,3 foiziga ichimlik suvi hisoblagichlari o‘rnatilgan, 1,5 million nafari yoki 33,7 foizi hisoblagichlardan foydalanmaydi.
Ayni paytda aholini markazlashtirilgan tizim orqali uzluksiz va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash ma’lum kuch, mehnat va katta moliyaviy xarajatlarni talab etadi.
Xususan, bir kubometr ichimlik suvining tarif qiymatida quyidagi xarajatlar ko‘rsatilgan:
elektr energiyasi 27% ni tashkil qiladi;
kapital va joriy ta’mirlash - 19%;
xorijiy moliya tashkilotlari kreditlarini qaytarish - 21%;
amortizatsiya va boshqa xarajatlar 4% ni tashkil qiladi.
"O‘zsuvta'minot" kompaniyasi tushuntirganidek, suv ta’minotining texnologik jarayonlari turlicha bo‘lgani uchun mamlakatning har bir hududida tariflar har xil.
“Masalan, Toshkent shahriga Bo‘zsuv kanali orqali suv yetkazib berilmoqda, Andijon viloyatiga esa Kampirobod suv omboridan yer sathi farqi bo‘lgani uchun suv “o‘z-o‘zidan ketadi”. Namangan viloyati hududining murakkab geografik relefi tufayli iste’molchilarga nasos agregatlari yordamida ichimlik suvi yetkazib berish natijasida ko‘proq elektr energiyasi sarflanadi. Shunga ko‘ra ishlab chiqarish tannarxidagi elektr energiyasi tannarxining ulushi Toshkent shahrida 24 foiz, Andijonda 14 foiz, Namanganda 35 foizni tashkil etadi”, — deya tushuntirdi boshqarma bosh mutaxassisi Olga Murashkina.
“O‘zsuvta'minot ” AJ ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston ichimlik suvining 42 foizini yer osti suvlaridan, 58 foizini esa yer usti manbalaridan oladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan ushbu turdagi resurslarga yuk faqat ortadi.
Iqlim o‘zgarishi, demografik o‘sish va respublikaning iqtisodiy rivojlanishi tufayli suv tanqisligi kuchayadi. Shu bois mutaxassislar va ekologlar joylarda ichimlik suvidan oqilona foydalanishni ommalashtirish maqsadida fuqarolar e’tiborini ushbu muhim masalaga qaratmoqda.