Redaksionniy sentr Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi: YeOII ta’lim sohasida qanday hamkorlik qilmoqda?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSputnik O‘zbekiston matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2023
Obuna bo‘lish
YeOII yagona mehnat bozori uchun kadrlar tayyorlash sohasida nimalar yuz bermoqda? Bu va boshqa masalalar Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida o‘tkaziladigan videoko‘prikda muhokama etiladi.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Ertaga, 29-noyabr kuni, Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida “YeOII davlatlarining ta’lim sohasidagi hamkorligi” mavzusida Moskva – Minsk – Ostona – Bishkek – Yerevan – Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Kasb-hunar ta’limi sohasidagi hamkorlik Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasining 2025-yilgacha bo‘lgan strategik yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Mintaqani rivojlantirish mexanizmlaridan biri Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi shafeligida Yevroosiyo tarmoq universitetini tashkil etish bo‘lib, u YeOII yagona mehnat bozori uchun talab qilinadigan mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlashi kerak.
YeOII mamlakatlari ta’lim sohasida qanday hamkorlik qiladi? Yevroosiyo tarmoq universiteti qanday vazifalarni hal qiladi? Uning faoliyati qanchalik ko‘p tarmoqli? Hozirgacha qanday natijalarga erishildi? YeOII yagona mehnat bozori uchun kadrlar tayyorlash sohasida nimalar yuz bermoqda? MDH, ShHT va BRIKSdagi tarmoq universitetlari qanday ishlaydi?
Videoko‘prik spikerlari:
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi maslahatchisi Vladimir Kovalov;
Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti iqtisodiyot fakulteti dekani Inna Andronova;
Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universitetining xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti dekani Pavel Seleznyov;
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Yevroosiyo ta’lim instituti direktori Tamara Shashixina;
Belarus davlat iqtisodiyot universiteti xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti dekani Oksana Shkutko.
Jonli efir Sputnik O‘zbekiston saytida soat 15.00 da boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0