https://oz.sputniknews.uz/20231126/sablya-ozbekiston-yoshlar-terma-jamoasi-dunyo-eng-yaxshi-jamoa-41252038.html
Sablya: O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi dunyoning eng yaxshi jamoasi deb e’tirof etildi
Sablya: O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi dunyoning eng yaxshi jamoasi deb e’tirof etildi
Sputnik O‘zbekiston
FIE reytingida birinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi sportchi va jamoalar taqdirlandi.
2023-11-26T16:11+0500
2023-11-26T16:11+0500
2023-11-26T16:11+0500
sport
misr
o‘zbekiston
qilichbozlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1a/41251395_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_d54020472286d267a19bbd7ad9960889.jpg
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Sablyachi yigitlardan iborat O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi dunyoda eng kuchli deb e’tirof etildi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.Misrning Sharm ash-Sheyx shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining (FIE) navbatdagi Kongressi o‘tkazildi. Tadbir davomida ortda qolgan davr mobaynida qilingan ishlar sarhisobi o‘tkazilib, yangi yil uchun rejalar ko‘rib chiqildi.Kongressda Gulnora Saidova boshchiligidagi O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi mas’ullari ham ishtirok etishdi. Yakunda FIE reytingida birinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi sportchi va jamoalarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Ma’lumot uchun, sablyachilar yil davomida o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichlarida 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishgan.
misr
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1a/41251395_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_41ea884e7e7847a6243ddc00932e69c5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
fie reyting sablya bo‘yicha o‘zbekiston yoshlar terma jamoasi
fie reyting sablya bo‘yicha o‘zbekiston yoshlar terma jamoasi
Sablya: O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi dunyoning eng yaxshi jamoasi deb e’tirof etildi
FIE reytingida birinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi sportchi va jamoalar taqdirlandi.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Sablyachi yigitlardan iborat O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi dunyoda eng kuchli deb e’tirof etildi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi
xabar berdi. Misrning Sharm ash-Sheyx shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining (FIE) navbatdagi Kongressi o‘tkazildi. Tadbir davomida ortda qolgan davr mobaynida qilingan ishlar sarhisobi o‘tkazilib, yangi yil uchun rejalar ko‘rib chiqildi.
Kongressda Gulnora Saidova boshchiligidagi O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi mas’ullari ham ishtirok etishdi. Yakunda FIE reytingida birinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi sportchi va jamoalarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
"Sablyachi yigitlarimizdan iborat O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur toifada dunyoning eng yaxshi jamoasi deb e’tirof etildi", — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, sablyachilar yil davomida o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichlarida 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishgan.