Kompaniyalar xabarlari
Ushbu bo‘limda kompaniyalar faoliyatiga oid yangiliklari hamda turli muassasalar bilan hamkorlik doirasida yuritilayotgan loyihalar haqidagi xabarlar chop etiladi.

“bilayn” O‘zbekiston fuqarolarini yangi “Xush kelibsiz” portali bilan qarshi oladi

© Sputnik / Pavel BednyakovSim-karta sotovoy svazi mobilnogo operatora "Bilayn".
Sim-karta sotovoy svazi mobilnogo operatora Bilayn. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2023
Obuna bo‘lish
Kompaniyalar xabarlari
"bilayn" Rossiyaga kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun mo‘ljallangan “Xush kelibsiz” (“Dobro pojalovat”) portalini ishga tushirdi.
Globallashuv va o‘zgaruvchanlik davrida dunyoning istalgan mamlakatida axborot va telekommunikatsiya xizmatlariga ega bo‘lish va foydalanish odatiy ehtiyojga aylanmoqda. Bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida "bilayn" Rossiyaga kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun mo‘ljallangan “Xush kelibsiz” (“Dobro pojalovat”) portalini ishga tushirdi. Portal kompaniya xizmatlariga maksimal ravishda tez, shaffor va tushunarli ulanishga ko‘maklashadi.
Portal ham rus tilida, ham o‘zbek tilida taqdim etilgan. Bu Rossiya kelgandan so‘ng zarur bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan "bilayn" xizmatlarini tanlashni osonlashtiradi.
Portalda xorijlik foydalanuvchilar uchun moslashtirilgan foydali yo‘riqnomalar ham bor. Ular orasida SIM-kartani faollashtirish, balansni to‘ldirish, xarajatlarni tekshirish va qo‘shimcha opsiyalarni ulashga oid qo‘llanmalar mavjud. Bu yerda xorijga qanday pul jo‘natish va mamlakatda bo‘lib turishni qulayroq qilishi mumkin bo‘lgan turli xizmatlar to‘lovini qanday amalga oshirishni ham bilib olish mumkin.
Portalda sug‘urta polislarini rasmiylashtirsa bo‘ladi. Bu sizning tibbiy yordam olishingizni osonlashtiradi va qog‘ozbozlik qiyinchiliklaridan xalos qilishga yordam beradi.
Film va seriallarni xush ko‘ruvchilar esa ommabop "Premier", "viju" obunalari va "RizaNova" doirasida o‘zbek tilidagi filmlar bo‘lgan "bilayn tv" xizmatini ulab olishlari mumkin.
“Xush kelibsiz” portali – chet ellik fuqarolarning Rossiyadagi hayotini osonlashtirish sari qo‘yilgan qadam.
Material tijoriy shartlar asosida chop etildi.
Yangiliklar lentasi
0