Toshkentdagi xalqaro turizm yarmarkasi ish boshladi — video

Obuna bo‘lish
Toshkentda xalqaro sayyohlik yarmarkasi ochildi. Unda 20 ta davlatdan 1,5 ming nafardan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda.
O‘zbekiston milliy pavilonda har bir viloyat o‘zining alohida stendlari bilan ishtirok etmoqda. Misol uchun, Buxoro pavilonida mehmonlarni Buxoro amiri kutib olmoqda. Qoraqalpog‘iston pavilonida mehmonlar shinam o‘toviga taklif qilinmoqda.
Yarmarkada Rossiyaning bir necha hududlari ham o‘za pavilonlari bilan ishtirok etishmoqda. Ular orasida Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi, Sverdlovsk va Novgorod viloyatlari, Kuzbass, Stavropol shaharlari bor.
Moskva pavilonida bir necha taniqli kishilarni ko‘rish mumkin. Masalan, taniqli teleboshlovchi Andrey Malaxov shaxsan o‘zbekistonliklarni Moskvaga taklif qilmoqda.
"Moskvaning O‘zbekiston aholisiga taklif qiladigan narsalari bor. Bu keng gastronomik palitra – bizda dunyoning barcha milliy taomlari mavjud. Ko‘plab madaniy va mazmunga boy tadbirlar. Yaqinda VDNXda restavratsiyadan so‘ng “O‘zbekiston” paviloni ochildi. Men sizlarga Moskvadagi mehmondo‘st O‘zbekistonning bu go‘shasi bilan tanishishni tavsiya qilaman", - dedi Sputnik muxbiriga Moskva shahri turizm qo‘mitasi raisi Yevgeniy Kozlov.
Yangiliklar lentasi
0