Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya MDH PA 56-yalpi majlisida ishtirok etadi

© Senat Oliy Majlisa Respubliki UzbekistanTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2023
Obuna bo‘lish
Majlsining asosiy mavzusi MDHda rus tilining millatlararo muloqot tili sifatidagi roli bo‘ladi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Senat raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiya Bishkekda bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi (MDH PA) 56-yalpi majlisida ishtirok etadi. Bu haqida Oliy Majlis Senati axborot xizmati rahbari Hojiakbar To‘laganov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Shu yilning 17-noyabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tadigan MDH PA 56-yalpi majlisining asosiy mavzusi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida rus tilining millatlararo muloqot tili sifatidagi roli bo‘ladi.
Unda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston parlament delegatsiyalari rahbarlari va a’zolari, xalqaro tashkilotlar vakillari, olim va ekspertlar ishtirok etadi.

“Majlisda Senat raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etadi”, — dedi To‘laganov.

MDH PA matbuot xizmati ma’lum qilishicha, majlisni MDH PA Kengashi raisi, Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko o‘tkazadi.
Shuningdek, yig‘ilishda namunaviy qonunlar, MDHga a’zo davlatlar uchun namunaviy Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar, axborot texnologiyalari sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar, MDH davlatlari suvlarida noqonuniy faoliyatga qarshi kurashish sohasida huquqiy tartibga solishni takomillashtirish va MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.
MDH PAning 56-yalpi majlisi MDH PA tarixidagi birinchi yalpi majlisdan 31-yil o‘tib, Qirg‘iziston poytaxtida ham bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Assambleya ishtirokchi davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston parlament delegatsiyalaridan iborat. MDH PA faoliyatining 30-yili davomida 600 dan ortiq hujjatlar ishlab chiqilib, MDH mamlakatlari parlamentlariga taqdim etilgan. MDH PA kuzatuvchilari 150 dan ortiq saylov va referendumlarning monitoringini olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi qarorgohida MDH PAning 55-yalpi majlisi bo‘lib o‘tgan edi. Unda Hamdo‘stlik mamlakatlari parlamentariylari tomonidan jami 27 ta namunaviy qonun va boshqa hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida ekologiya masalalariga oid qator muhim qonun loyihalari, shuningdek, iqtisodiyotni raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish jarayonlarini tartibga soluvchi hujjatlar bor.
Shuningdek, 2022-yilning 28-oktabr kuni Samarqandda MDH PAning 54-yalpi majlisi bo‘lib o‘tgan edi. Unda14 ta namunaviy qonun va 12 ta tavsiyaviy hujjat qabul qilingan. Mazkur hujjatlar parlamentlarning iqtisodiy, huquqiy, gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorligini yuqori bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0